149
tarmoqlari printsipiga asoslangan matematik modellar, juda murakkab
muammolarni hal qilishga va oʻzini-oʻzi oʻrgatishga qodirdir.
Neyrotexnologiyaning eng istiqbolli sohalari:
Neyrofarmakologiya
. Gen va hujayra terapiyasini rivojlantirish, erta
individual
diagnostika, neyrodegenerativ kasalliklarni davolash va oldini
olish (qarilik demansiyasi, Altsgeymer kasalligi va boshqalar), shuningdek
sogʻlom odamlarda aqliy qobiliyatlarni yaxshilash.
Neyromedtexnika
. Organlarning, shu jumladan sun’iy
sezgi
organlarining neyroprotezlashni rivojlantirish, harakatchanlikni yoʻqotgan
oyoq-qoʻllarni rivojlantirishga yordam beradigan neyrotexnologiyalar
yordamida reabilitatsiya qilish vositalarini ishlab chiqish.
Neyroerudisiya
. Ta’limda virtual va toʻldirilgan
voqelik
neyrointerfeyslari va texnologiyalarini rivojlantirish, oʻquv dasturlari va
qurilmalarini
ishlab chiqish, xotira qobiliyatini oshirish va miya
resurslaridan foydalanishni tahlil qilish uchun asboblarni yaratish.
Neyrokoʻngil ochish va sport
. Breyn fitnesini rivojlantirish – miya
uchun
mashqlar, neyrogadjetlardan foydalangan holda oʻyinlarni yaratish,
shu jumladan neyrorivojlantiruvchi oʻyinlar.
Neyrokommunikatsiya
va
marketing.
Neyromarketing
texnologiyalarini rivojlantirish (mijozlarning hatti-xarakatini oʻrganish
usullari
toʻplami,
unga
ta’sir
qilish
imkoniyatlari,
shuningdek
neyrotexnologiyalar yordamida ta’sir reaktsiyalar), neyro- va biometrik
ma’lumotlarga tayangan holda xatti-harakatlarni bashorat qilish.
Neyroassistentlar.
Tabiiy
tilni
tushunish
texnologiyasini
rivojlantirish, mashinali oʻqishni puxta ishlab chiqish (nutqni
aniqlash,
kompyuterni koʻrish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi algoritmlarni
takomillashtirishga yordam beradigan neyron tarmoqlariga asoslangan
mashinali oʻqish), shaxsiy elektron yordamchilarni (virtual
kotib rolini
oʻynaydigan veb-xizmatlar yoki ilovalarni) va gibrid inson-mashinali
intellektni yaratish.
Dostları ilə paylaş: