O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
3.5.-rasm. Blokcheyn namunasi 
Blokcheyn texnologiyasi ma’lumotlar bazasi avval boshdan xavfsiz 
boʻlishiga asoslangan. Blokcheyn kontseptsiyasini 2008 yilda Satoshi 
Nakamoto taklif qilgan. U birinchi marta 2009 yilda kriptovalyutaning 
(raqamli pul birligi) tarkibiy qismi – bitkoin sifatida amaliyotda qoʻllanildi, 
bu yerda blockcheyn bitkoinlar bilan barcha operatsiyalar uchun asosiy 
umumiy reyestr rolini oʻynagan. Blokcheyn texnologiyasi tufayli Bitkoin 
har qanday vakolatli organ yoki markaziy serverdan foydalanmasdan 
(moddiy tanga yoki jetonlardan farqli oʻlaroq, elektron fayllar 
koʻpaytirilishi va ikki marta sarflanishi mumkin) muammoni hal qiladigan 
birinchi raqamli valyutaga aylandi. 
Blokcheyn 
texnologiyasida 
xavfsizlik 
vaqtni 
belgilovchi 
markazlashtirilmagan server va teng huquqli tarmoq ulanishlari orqali 
ta’minlanadi. Natijada yagona markazsiz, avtonom tarzda boshqariladigan 
ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bu esa blokcheynlarni voqealarni 
roʻyxatga olish (masalan, tibbiy qaydlar) va ma’lumotlar ustida amaliyotlar 
bajarish, identifikatsiyani boshqarish va manbalarni haqiqiyligini 
tasdiqlash uchun juda qulay qiladi. 
Har bir inson Internetda ma’lumot joylashtirishi mumkin, keyin 
boshqa odamlar unga dunyoning istalgan joyidan kirishlari mumkin.


153 
Blokcheynlar dunyoning blockcheyn faylini olish mumkin boʻlgan istalgan 
nuqtasida qandaydir qiymatni yuborishga imkon beradi. Ammo “egalik 
qilinadigan” bloklarga kirish uchun ruxsat berish uchun uning egasida 
kriptografik tarzda yaratilgan shaxsiy kalit boʻlishi kerak. 
Oʻzgaga shaxsiy kalitni berish orqali, aslida oʻsha odamga 
blockcheynning tegishli qismida saqlanadigan pul miqdorini beriladi. 
Bitkoinlarda bunday kalitlar toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy qiymatga 
ega boʻlgan ma’lum miqdordagi valyutalar saqlanadigan manzillarga kirish 
uchun ishlatiladi. Bunda pul oʻtkazmalarini roʻyxatdan oʻtkazish 
funktsiyasi amalga oshiriladi, odatda bu rolni banklar bajaradilar. 
Bundan tashqari, yana bir muhim funktsiya amalga oshiriladi: 
ishonch munosabatlarini oʻrnatish va shaxsni tasdiqlash, chunki hech kim 
tegishli kalitlarsiz blokcheynni oʻzgartira olmaydi. Ushbu kalitlar orqali 
tasdiqlanmagan oʻzgarishlar rad etiladi. Albatta, kalitlarni (moddiy 
valyutadek) nazariy ravishda oʻgʻirlash mumkin, ammo kompyuter 
kodining bir necha qatorini himoya qilish odatda kata xarajatlarni talab 
etmaydi. 
Bu shuni anglatadiki, banklar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy 
funktsiyalar – identifikatsiyani tekshirish (firibgarlikni oldini olish uchun) 
va tranzaktsiyalarni keyinchalik roʻyxatdan oʻtkazish (soʻngra ular qonuniy 
holga keladi) – blockcheyn orqali tezroq va aniqroq bajarilishi mumkin. 
Blockcheyn texnologiyasi vositachilardan xalos boʻlish uchun 
jozibali imkoniyatni taqdim etadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy 
xizmatlar sektori bajaradigan uchta muhim rolni: bitimlarni roʻyxatdan 
oʻtkazish, shaxsni tasdiqlash va shartnomalar tuzishni oʻz ichiga oladi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin