O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122
Usmanov darslik

 


123 
3. BOB.
ZAMONAVIY ATK TEXNIKA XIZMATINING TARKIBI, 
VAZIFALARI, XODIMLARI VA ULARGA TALABLAR 
 
3.1.
ZAMONAVIY AVTOMOBIL TRANSPORTI KORXONALARI, 
TEXNIKA XIZMATINING TARKIBI, VAZIFALARI, RESURSLARI 
VA XODIMLARI
 
 
Rejali-ogohlantirish tizimi tomonidan ko‘zda tutilgan texnik xizmat, tashxislash 
va ta`mirlash hisobiga, avtomobillarning texnik holatini zarur darajada saqlab 
turishga yoki tiklashga erishiladi. Ushbu texnik ta‘sirlar avtomobilda texnologik 
jarayonlar ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqilgan va ma‘lum tizimga keltirilgan TXK, tashxislash va JT ning 
texnologik jarayonlari, faqat umumiy ishlab chiqarish jarayonining bir qismi 
sifatidagina muayyan ATK da amalga oshirilishi mumkin xolos. Korxonada TXK, 
tashxislash va JT ni amalga oshirish uchun ularni, ishlab chiqarish-texnika bazasi, 
xodimlar, materiallar, ehtiyot qismlar va uskunalar bilan ta`minlashni tashkil qilish 
zarur bo‘ladi. So‘ngra ushbu jarayonlarni doimiy ravishda kuzatish va boshqarish 
lozim. Buning uchun esa ATKda MTX tashkil qilinadi (3.1-rasm). 
3.1-rasm. Atotransport korxonasining umumiy ishlab chiqarish tuzilmasi. 


124 
 
ATK MTX maqsadi
 
talab etilgan tashish jarayonini amalga oshirish uchun 
harakat tarkibini belgilangan majmua va muddatlarda, ishchan holatini ta`minlashdan 
iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun MTX quyidagi vazifalarni bajaradi:
- harakat tarkibi texnik holatini tahlil qilish asosida avtomobil parkining yoshi 
tuzilmasini boshqarish; 
- zamonaviy me‘yoriy-texnik hujjatlar, texnologiyalar va texnologik jihozlar 
asosida texnik va texnologik hujjatlarni ishlab chiqish; 
- zamonaviy kompyuter texnikalarini qo‘llagan holda harakat tarkibini 
saqlashni, TXK va ta`mirlashni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish; 
- ishlab chiqarish-texnika bazasini yaratish va takomillashtirish, uni saqlash va 
rekonstruksiya qilish, ish jarayonlarini mexanizatsiyalashni oshirish bo‘yicha 
tadbirlarni olib borish; 
- material-texnik taminotni va ehtiyot qismlar, ekspluatatsion materiallar va 
texnologik jihozlarni saqlashni tashkil qilish; 
- barcha turdagi resurslarni tejash bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish; 
- ishlab chiqarish xodimlarini komplektlash, ularni o‘qitish va malakalarini 
oshirish; 
- ilg‘or tajribalardan oqilona foydalanish, joriy qilish va boshqalar. 
Umumiy holda ATK MTX tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi quyidagi 
ko‘rinishda bo‘ladi (3.2-rasm).
ATK uchun MTX muayyan tarkibi, korxonaning quvvatiga (ro‘yxatdagi 
avtomobillar soni), avtomobillar parkining tarkibi, harakat tarkibini ekspluatatsiya 
qilish jadalligi (avtomobilning kunlik o‘rtacha yurgan yo‘li, km), boshqa koroxonalar 
bilan kooperatsiyaning mavjudligiga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq holda 
aniqlanadi. 


125 
3.2-rasm. ATK MTX tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmasining umumiy sxemasi. 
MTX ning tuzilmasida uchta guruh bo‘linmalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- ishlab chiqarish bo‘linmalari (brigadalar, uchastkalar, komplekslar), ular 
bevosita harakat tarkibining ish qobiliyatini saqlash va tiklash bo‘yicha TXK, tashxis, 
JT ning texnologik jarayonlarini bajaradilar; 
- ishlab chiqarish bo‘linmalarini boshqarishni amalga oshiruvchi rahbarlar va 
bo‘linmalar; 
- ishlab chiqarish bo‘linmalarining ishlashini ta`minlovchi (ishlab chiqarishni 
tayyorlash, ishlab chiqarish-texnika bazasini zarur darajada saqlab turish) yordamchi 
bo‘linmalar. 
MTX o‘zining vazifalarini bajarishi uchun, ishlab chiqarish, boshqaruv va 
ta`minot tuzilmalaridan tashqari zarur resurslar bilan ham ta`minlanishi kerak bo‘ladi. 
Bunday resurslarga quyidagilar kiradi: 
- ishlab chiqarish-texnika bazasi (binolar va inshootlar; TXK, tashxislash, JT 
uchun texnologik jihozlar; asbob va uskunalar, moslamalar va qurilmalar
muhandislik tarmoqlari); 
- mehnat resurslari (MTX xodimlari); 


126 
- moddiy-texnik resurslar (yonilg‘i, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar, 
ehtiyot qismlar, agregatlar, shinalar, akkumulyatorlar, metall va boshqa materiallar, 
suv va boshqalar); 
- energetik resurslar (elektr va issiqlik energiyasi, siqilgan havo); 
- TXK va ta`mirlash jarayonlarining axborot ta`minoti; 
- moliyaviy resurslar (qurilishga, qayta qurishga, ishlab chiqarish-texnika 
bazasini saqlash va ta`mirlashga). 
ATK ning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin