International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Hamburg, Germany
https
:
econferencezone.org
May 4
th
-5
th
2022
55
O‘QUVCHILARNI JISMOIY TARBIYA DARSIGA VA SPORTGA
QIZIQTIRISH
MUAMMOLARI
.
R.I.Latipov
Nizomiy nomidagi TDPU Jismoniy tarbiya
va sport kafedrasi dotsenti
Annotatsiya
: Maqolada oliy ta’lim muassasalarida O‘quvchilarni jismoiy
tarbiya darsiga va sportga
qiziqtirish muammolari, O‘quvhilar harakati va sport mashg‘ulotlari jarayonida psixikasini
rejalashtirish
asosida o‘zini - o‘zi boshqarish, takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirishni
pedagogik jixatlari haqida
fikr yuritildi.
Tayanch iboralar
: O‘zbekiston sporti, milliy kurash, qiziqish, burch, doimiylik, ma’suliyat, jismoniy faoliyat
va sport, irodasizlik, dostonlarda sport o‘yinlari, psixologik tayyorgarlik.
Inson organizmi va miyasi o‘zining ma’lum tizimlari asosida vaqtga qarab ish qobiliyatlarning imkoniyatlarini
o‘zgartirib, o‘sib borishi natijasida tashqaridan olingan turli - tuman axborotlarni to‘la qaytadan ishlab berish
imkoniyatiga ega. Fanning so‘nggi yutuqlari bizga quyidagi ma’lumotlarni beradi: inson miyasining tuzilishi,
uning ishchanligi va kuch imkoniyatlari cheksiz. Inson o‘zining mehnat jarayonida
miyaning fikrlash
qobiliyatining eng oz qismi bilan ishlashga odatlangan. Agar biz o‘z miyamiz ishlash imkoniyatining yarim
kuchi bilan ishlashga odatlanganmizda edi, o‘nlab xorijiy tillarni va katta enisklopediyalarni boshdan
oxirigacha o‘zlashtirib olgan bo‘lar edik. Hozirda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv
rejalarini o‘rtacha oddiy kishi o‘zlashtirish mumkinligi aniqlangan. Kelgusida buyuk insonlar ko‘zga
ko‘rinmaydigan tabiatning inson miyasiga bergan katta kuchi, imkoniyatlarini ishlatishga muyassar bo‘ladilar.
Hozirgi vaqtda olimlar insondagi faol nuqtalarning ishlash qonuniyati va faoliyatini chuqur o‘rganmoqdalar.
Yaqin kunlarda bu muammolar hal qilinsa, sekin ta’sir qilish orqali inson faoliyatini boshqarish imkoniyati
tug‘iladi. Bunday boshqarish yo‘li bilan inson faqat kasal organizmni davolabgina qolmasdan, balki uzoq umr
ko‘rish, yaxshi kayfiyat va jismoniy o‘sish xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar o‘z
organizmlarining
funksiyalarini yaxshi bilishi, o‘z ruhiy holatining sirlarini o‘rganishi orqali kelgusida
dolzarb muammolarni yechish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib inson psixikasini kamol toptirish
orqali yanada kuchliroq, bilimliroq, aqlliroq va insonparvarroq bo‘lib yetishadi.
O‘quvhilar harakati va sport mashg‘ulotlari jarayonida psixikasini rejalashtirish asosida o‘zini - o‘zi
boshqarish, takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Bu uslub talabiga ko‘ra o‘quvhi o‘z oldiga
aniq maqsad qo‘yishi, o‘zining kuchiga ishonch hosil qilishi natijasida psixika o‘zini - o‘zi rejalashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Psixika o‘zini - o‘zi rejalashtirishda maqsad harakati tayanch nuqtasini vujudga keltiradi. Agar o‘quvchining
sportga qiziqishi kuchli bo‘lsa, uning hayotidagi boshqa tomonlar ham shunga bog‘liq bo‘ladi va shunga
bo‘ysinadi. Buning uchun maqsad aniq va barqaror bo‘lishi shart. O‘quvchilar psixikasini to‘g‘ri rejalashtirish
uchun o‘quvchining musobaqadan oldin paydo bo‘ladigan qaltirash va jonsizlik holatini bartaraf qilish
maqsadida maxsus mashg‘ulotlar
tashkil etish, ijobiy hissiyotlarni hosil qilish, dunyo qarashini o‘stirish
mumkin.
O‘quvchilarni butun jahondagi yangiliklarni, o‘zgarishlarni bilib borishga
undagi haqiqatlarni ochishga,
insondagi tabiat go‘zalligini his qilishga, o‘zida yuqori insoniy hislatlarni namoyon qilishga, ichki ruhiy va
jismoniy, aqliy imkoniyatlardan samarali foydalanishga odatlantirish lozim.
Bu vazifani bajarish o‘qituvchilar va murabbiylar zimmasiga tushadi. Ba’zi o‘quvchi - yoshlarda uchraydigan
ruhiy faollikning zaifligi, dangasalik, fikrlash qobiliyatning torligi, tashabbussizlik qanday va qaerdan paydo
bo‘ladi? Tabiiyki, bolalikdan ilm - fanga intilish hayotiy zaruratdir. Biroq ayrim hollarda ota - onalar,