International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Hamburg, Germany https :
econferencezone.org May 4 th -5 th 2022 58
Birinchi variant. O‘qituvchi o‘quvchilarga birorta jismoniy mashqni, masalan, ikki oyoqda o‘tirib turish yoki
qo‘lda tortilish mashqlarini bajarilishni uyga vazifa tariqasida beradi. O‘qituvchi ertasiga o‘quvchidan
mashqlarni ko‘rsatishni talab qiladi. Berilgan mashqlarni o‘quvchilar bir necha marotaba takrorlaganidan
so‘ng, o‘quvchilarda siqilish va zerikish holatlari paydo bo‘ladi, natijada dars tartibsiz o‘tadi.
Ikkinchi variant. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zlari sevgan harakatli o‘yin yoki jismoniy mashq turlaridan birini
tanlab mashq qilib kelishni tavsiya etadi. O‘qituvchining bundan o‘tkazgan darsi, birinchi variantga qaraganda
qiziqarli o‘tadi. O‘quvchining o‘zi mustaqil o‘rgangan har bir mashqni boshqa o‘quvchilarda qiziqish
uyg‘otadi hamda o‘quvchi har bir harakatni diqqat bilan kuzatib boradi. Natijada o‘quvchi har hil harakatli
o‘yin va mashq turlarini bo‘lib oladi. O‘quvchilarning o‘zlari tanlagan jismoniy harakati, mashqni bajarish
uslublari o‘quvchi shaxsini va ichki dunyosini ochib beradi. Agar o‘qituvchi jismoniy tarbiya darsida
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va sportchilarning hayoti va faoliyatini o‘quvchilarga o‘rgatib,
ular haqida qiziqarli ma’lumotlar berib borsa, dars jarayoniy yana ham qiziqarli bo‘ladi.
Sportchilar o‘zlarida namoyon bo‘ladigan qaziqishlar, barqarorlik yoki doimiylik darajasi bilan ham bir -
biridan farq qiladi. Ba’zi sportchilar bo‘ladiki, ularda hosil bo‘lgan muayyan qiziqish - havaslar doimiy bo‘lib
umrbod saqlanib qoladi. Masalan, R.Risqiev., A.Grigryan., Muhammadqodir Abdullaev singari sportchilarda
bo‘lgan qiziqishlar doimiy va barqaror qiziqishlardir.
Ba’zi o‘quvchilar sportning biror bir turiga juda qattiq qiziqadilar, mehr qo‘yadilar, lekin ularning qiziqish -
havaslari uzoqqa bormaydi. Bunday o‘quvchilardagi biror narsaga, biror faoliyatga bo‘lgan zo‘r qiziqish,
o‘rnini darrov boshqa bir qiziqish, havas oladi. Bunday o‘quvchilarni qiziqishlari tez o‘zgaradi. Ularda paydo
bo‘ladigan qiziqishlar nihoyatda kuchsiz bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Bunday o‘quvchilarda ko‘pincha muayyan
orzu - havaslar bo‘lmaydi. Albatta, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jismoniy mashg‘ulot va sport ishlarining o‘ziyoq
o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalaydi. Har qanday jismoniy tarbiya darsi va har qanday sport
musobaqasi o‘quvchi uchun qiziqarlidir. O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni paydo qilish va
uni barqaror qilish maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘quvchilarda
sport ishlariga qiziqishni vujudga keltirish va uning barqarorligini saqlab qolish uchun avvalo, o‘qitiladigan
darslarning emotsional, yorqin va jonli bo‘lishi, tashkil etilgan sport musobaqalari kelgusida kasb egallash,
ma’lumotini oshirish va sog‘ligini mustahkamlash uchun zarurligini o‘quvchilarga anglatib borish katta
ahamiyatga egadir.
Qiziqishlari past yoki tartibsiz bo‘lgan o‘quvchilarning ma’naviy hayoti mazmunsiz va betayin bo‘ladi.
Bunday o‘quvchilar o‘zlarining nima uchun yashayotganliklarini ko‘pincha bilmaydilar va hayotdan o‘z
o‘rnini topishga harakat qilmaydi. O‘quvchilardagi qiziqishlarning susayib yoki yo‘qolib ketishi ularning
aqlini ham pasaytirib qo‘yadi faoliyatni susaytirib yuboradi va boshqa ma’naviy fazilatlariga putur yetkazadi;
o‘quvchini bekorchilikka moyil, yalqov qilib қўяди. Bunday o‘quvchilar bo‘sh qolgan vaqtlarida nima bilan
mashg‘ul bo‘lishlarini bilmay zerikadilar yoki vaqtni o‘tkazadigan biror bekorchi ermak topishga urindilar.
Muayyan sport bilan shug‘ullangan o‘quvchilar har doim tetik, faol bo‘ladilar. Bunday o‘quvchilarning hati
ma’noli va sermazmun bo‘ladi. Ular doim maqsad yo‘lida olg‘a intiladilar. Qalban vatan hissini, ota - ona
oldidagi burch va ma’suliyatlarini yaxshi anglay oladilar.