Qiziqtirish


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 197,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#169335
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
https

econferencezone.org 
 
May 4
th
 -5
th
 
2022 
57
organizmdagi ruhiy va fiziologik o‘zgarishlar natijasida) yaxshi ko‘rsatkichlarga erisha olmaydi. Lekin 
kutilmaganda «o‘rtacha» ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘quvchi me’yorlarni yaxshi topshirishga muvaffaq 
bo‘ladi. Buning sababi shundaki, o‘quvchi hayajonlangan holatida jismoniy qobiliyatlarini masimal darajada 
namoiyish qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Umumta’lim maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining maqsadi o‘quvchilarning sevimli sport 
mashg‘ulotlari yordamida darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil mashq qilishiga odatlantirish, 
umidsizlikka va dangasalikka berilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi maktabdagi psixolog 
yoki tajribali o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchining jismoniy tarbiya darsiga bo‘lgan qiziqishini yoki 
sport turlarini o‘zlashtirishdagi ruhiy va aqliy to‘siqlarni yengishda yordamlashsa, o‘quvchining o‘qish va 
sport faoliyatida uchraydigan salbiy astenik sovub ketish hissiyotlarini o‘z kuchi bilan yengib o‘tishga 
o‘rgatsa, o‘quvchining darsga, sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan faollik darаjasi yanada rivojlanadi. 
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchini jismoniy mashqlarni bajarayotganida, boshqa bir o‘quvchi shaxsi 
bilan toqqoslamaslik zarur. O‘quvchining jismoniy tarbiya darsiga qiziqmasligi, birorta sport turi bilan 
shug‘ullanishda yalqovligi, uyga berilgan jismoniy mashqlarni mustaqil bajarmasligining asosiy sabablari, 
ko‘p jihatdan, maktabda jismoniy tarbiya darsining sifatsiz o‘tkazilishi, o‘qituvchining jismoniy tarbiya va 
sportga doir bilimlarining yaxshi rivojlanmaganligi, o‘quvchining birorta sport turiga qiziqtirishga ijtimoiy 
tafakkurining zaifligi, pedagogik mahorat va bilim malakalarining yaxshi tarkib topmaganligidadir. 
Ayni bir xildagi qiziqish - xavaslarning kuchi turli o‘quvchilarda turli darajada bo‘ladi. Kuchli qiziqish
ko‘pincha, kuchli hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, sportchida ehtiros tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek 
bokschisi Muhammadqodir Abdullaev boksga yuqori darajada ehtirosli qiziqishida zo‘r havas, chidam, sabr - 
toqat va sabotlilik singari irodaviy sifatlarning mukammaligi bois Olipiada chempioni bo‘ldi. 
Maktabda o‘quvchining sport turlari bilan shug‘ullanishiga qiziqishining o‘sishi o‘quvchining ichki 
dunyosiga, ma’naviy tarbiyasiga hissiyotlariga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchining jismoniy tarbiya darsini 
qiziqarli tashkil etishi o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularning xotirasida o‘rganilgan 
harakatli o‘yin turlari va nomlarining uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi, o‘quvchining sportga qiziqishi 
ularda aqliy, ahloqiy sifatlarni rivojlantirish bilan birga, o‘quvchi shaxsini to‘g‘ri yo‘naltirishga ham katta 
ta’sir etadi. 
O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni o‘stirish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
1. O‘qituvchi jismoniy tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilаr oldiga sport bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli 
masalalarni qo‘yishi va bu muammolarni yechishda, har bir o‘quvchining o‘zini mustaqil izlanishga 
odatlantirishi lozim. Natijada o‘quvchi sport sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda, katta ehtiroslilik 
bilan yangi taktik musobaqalashish uslublarini izlaydi va qiyinchiliklardan qo‘rmaydigan bo‘ladi. 
2. O‘qituvchi o‘quvchilarning jismoniy mashg‘uloti va sport faoliyatini qiziqarli tashkil etsa, darsda 
o‘quvchilarni zeriktirib yoki charchatib qo‘ymasa, o‘quvchilar o‘zlari o‘rganayotgan har bir sport turining 
inson hayoti uchun muhim ekanligini tushunib oladi. 
3. O‘tilayotgan jismoniy тарбия dars materiallarining mazmuni haddan ortiq yengil yoki qiyin bo‘lsa, 
o‘quvchilardagi darsga bo‘lgan qiziqishini pasaytirib yuboradi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning 
yoshi, kuchi, qobiliyatiga qarab materiallar tanlashi o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini ko‘proq kuzatib 
borishi, baholashi, tekshirishi, ularni bajariladigan mashqlarga qiziqtira bilishi lozim. 
4. O‘qituvchi o‘quvchilarning sport sohasida yetuk sportchi bo‘lishi to‘g‘risida qancha ko‘p qayg‘ursa, 
g‘amxo‘rlik qilsa, o‘quv va sport jarayonlariga nisbatan kuchli hissiyot uyg‘otsa, o‘quvchilarda sportga 
bo‘lgan qiziqishlari shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Hozirgi davrda ba’zi bir jismoniy tarbiya o‘qituvchilari darsni mustahkamlash niyatida o‘tilgan darsni 
takrorlayveradi, o‘quvchini zeriktiradigan usulublardan foydalanishga harakat qiladi. Lekin bu holat 
o‘quvchilarni zeriktirib qo‘yadi va jismoniy tarbiya darsidan bezdiradi. Maxsus darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalarning yetishmasligi darsni ijobiy o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi omildir. Ammo o‘z ustida ko‘p 
ishlaydigan, mustaqil ijod qiladigan o‘qituvchilar bu muammoni bartaraf etishga harakat qiladi va pedagogik 
mahoratlariga tayanib, darsda o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini ma’suliyat bilan uddalaydi.
Fikrimni quyidagi holatlar orqali isbotlayман: 



Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin