International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Hamburg, Germany https :
econferencezone.org May 4 th -5 th 2022 56
tarbiyachi va o‘qituvchilarning e’tiborsizligi natijasida ba’zi o‘quvchilar o‘z faoliyatlarida tabiat va jamiyat
sirlarini tushunaolmay turli qiyinchiliklarga duch keladilar.
Yoshlar ertalabki umumiy gimnastika mashqlari bilan mustaqil shug‘ullanishga odatlanmaganliklar sababli
jismoniy, aqliy va ruhiy to‘siqlarga duch keladi. Yuksak ma’naviy va estetik xis - tuyg‘ularning yaxshi
rivojlanmaganligi ayrim o‘quvchi yoshlarning jamoat joylarida o‘zini tutishida ham seziladi. Bunday
sifatlarning yetishmasligi o‘quvchilarni giyohvandlikka berilishiga, hatto turli oqimlarga qo‘shilib ketishiga
ham sabab bo‘ladi.
O‘quvchilarning umumta’lim maktab va professional ta’limda jismoniy mashg‘ulot hamda sportning odam
organizmiga ta’sirini chuqur anglab etmasligi, o‘zi sevgan birorga sport turi bilan mustaqil mashq qilishni
o‘rganmaganligi natijasida talabalik davrida ham jismoniy tarbiya me’yorlarini topshirish jarayonida yaxshi
yutuqlarga erisha olmaydi. Buning sabablari quyidagilar: ota – onalarning o‘z farzandlariga bilim olish va
mustaqil ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun shart - sharoit yoki rejim yaratib
bermasligi:
- ba’zi o‘qituvchilarning o‘quv dasturi va o‘qitish uslublarini egallashda, mantiqan tushunishda
qobiliyatsizligi; o‘quvchilarda jismoniy harakat va sportga oid ko‘nikma va malakalarning qiyinchilik bilan
hosil bo‘lishi;
- o‘quvchilarning yoshiga, qobiliyatiga, kuchiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mos kelmasligi;
- o‘quvchilarga jismoniy mashg‘ulotlarning majburan o‘rgatilishi.
Bu sabablar o‘quvchilarning haddan ortiq charchashiga va asabiy holatning paydo bo‘lishiga olib keladi,
ularning jismoniy tarbiya darsiga, mashg‘ulot va sportga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib yuboradi.
Hozirgi davrda o‘quvchilarning jismoniy faoliyat va sport sohalarini yaxshi o‘zlashtira olmasliklari
sabablarini o‘rganishda mutaxasislarni eng muhim muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda.
O‘quvchilarda jismoniy va psixologik jihatdan qoloqlikning bir qancha sabablari mavjud ekanligi aniqlangan:
1) ota - onaning ichkilikka berilishi oqibatida o‘quvchi aqlining pastligi, jismoniy jihatdan zaifligi;
2) yoshlikdan bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilmaganligi yoki miya va ruhiy asab kasalligiga
chalinganligi;
3) o‘quvchining irodasizligi sababli, birorta faoliyat turiga qiziqmasligi.
Bu salbiy holatlar natijasida o‘quvchi jismoniy chiniqishda va bilim olishda nochor ahvolga tushib qolgan,
ruhiy zaiflikdan qiynalayotgan o‘quvchilar bilim olishda yoki jismoniy va ota - onasi va jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi tomonidan qo‘llab - quvvatlanishi lozim. Ba’zi jismoniy tarbiya mutaxasislari bunday o‘quvchini
yanada qattiqroq taqib ostiga olishi, yomon baho qo‘yishi oqibatida uning jismoniy tarbiya darsiga va sportga
bo‘lgan qiziqishini mutlaqo pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘quvchilarga
nisbatan e’tiborsizligi yoki yetarli darajada nazar pisand qilmasligi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darsidagi
davomatini pasaytiradi, bu o‘quvchida havotirlanish va tashvishlanish holatini vujudga keltiradi.
O‘qituvchining uzluksiz ravishda o‘quvchi shaxsini hurmat qilmasligi masalan, «Sen gavdangni ko‘tar
olmaysan», «Sen hech qachon ikkidan chiqmaysan» kabi iboralar bilan munosabat qilish o‘quvchi
psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘quvchi harakterida qaysarlik, o‘jarlik xususiyatlarini paydo qiladi.
Vaholangki, o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarga jismoniy ta’lim asoslarini o‘rgatishda o‘quvchini nochor
ahvolga tushirib qo‘yganligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Natijada o‘quvchining ongiga «Mening jismoniy
zaifligimning asosiy sababi qobiliyatsizligimda bo‘lsa kerak», - degan fikr paydo bo‘ladi va o‘quvchining
ruhan qiynalishiga olib keladi.
Hatto ba’zi bir o‘quvchilar jismoniy tarbiya darsiga qatnashmaydigan, sport bilan shug‘ullanmaydigan bo‘lib
qoladi. O‘quvchining sport bilan shug‘ullanishga layoqatsizligi tashqi sharoitlarning ta’siri natijasida ham
bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘quvchi agar sport bilan shug‘ullanib, faqat bir fandan o‘zlashtirishda orqada
qolsa, u holat o‘quvchining boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga salbiy ta’sir etmaydi. Lekin o‘quvchining
shu o‘zlashtirmagan faniga bo‘lgan qiziqishi pasayib ketadi, bunday vaziyatda jismoniy tarbiya
o‘qituvchisining pedagogik mahorat qobiliyati asosiy vazifani bajaradi. Uning pedagogik mahorati bunday
holatga yo‘l qo‘yilmaslikka yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchining jismoniy tarbiya darsida sport turlari bo‘yicha
belgilangan ko‘rsatmalarni me’yorlarni topshirish jihatidan qobiliyatlari har xil bo‘ladi: yil davomida jismoniy
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib yurgan ayrim o‘quvchilar, ba’zi bir sabablarga ko‘ra (oilaviy janjallar yoki