darkor. Ko‘rinib turibdiki, marg‘ilonlik fiqhshunos alloma o‘rta
asr sharoitidayoq inson turmush tarzi, xulq-atvori, xatti-hara-
katida qonun talablariga rioya qilishga da’vat etdi. Inson sha’ni,
qadr-qimmatini qonun yordamida himoya qilishga urindi. Inson
ning buyuk qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qildi. 0 ‘zining
butun ongli umrini ana shunday oliy qadriyatga safarbar qildi.
Burhoniddin Marg‘inoniy inson m a’naviyatiga doimiy ozuqa
be rib turadigan qudrat — ilm va m a’rifatdir, deb tushuntirdi.
Shuning uchun ham jam iyat m a ’naviy kam oloti uchun
mas’uliyatni ilm ahliga yukladi. 0 ‘zining ilmiy-intellektual salo-
hiyatini xayrli, xususan, odamlar orasida do‘st-u birodarlikni
targ‘ibot qilish, ma’rifat tarqatish ishlariga baxshida etgan olim-
u fozillarni ulug‘ladi. Kishilarga m a’rifat tarqatish ishlariga sarf-
lanmagan bilim yoki ilm ahlining ishini buzg‘unchilik deb
baholadi. Shuning uchun ham marg‘ilonlik fiqhshunos alloma
nafaqat olim-u fuzalolar, balki oddiy fuqarolar orasida ham
cheksiz hurmat-izzatga sazovor bo‘ldi. Odamlar Marg‘inoniyni
«Hidoya yo‘lining sarboni» deb atay boshladilar. Musulmon
olamida esa u «Burhoniddin val milla», ya’ni «din va millatning
hujjati» degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi‘.
0 ‘rta asr musulmon falsafasi, xususan, inson haqidagi fikr-
muIoMbzalar xazinasini yangi dalillar bilan to ‘ldirishda Sharq
adabiyotining mashhur namoyandasi Farididdin Attorning2 ham
xizmatlari salmoqli bo‘ldi.
Farididdin Attor o‘zining asarlarida (xususan, «Javharuz zot»
asarida) olamning bir butun yagona vujud ekanligini isbotlashga
harakat qildi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha bir butun olam borlig‘i
Dostları ilə paylaş: