O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilik. Qadimiy hikmatlar. Toshkent, 1987, 128-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilik. Qadimiy hikmatlar. Toshkent, 1987, 128-bet.
2 0 ‘sha asar, 128- bet.
181


el-yurt uchun zararli illat ekanligini qayta-qayta takrorlaydi. 
Jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlash uchun so‘zi bilan 
ishi bir odamlar sonini ko‘paytirishni orzu qiladi. Kishilarning 
jismoniy va ma’naviy qiyofasi, ichki dunyosi bilan tashqi dunyosi 
orasidagi o‘zaro aloqadorlikni mustahkamlash yo‘llarini izlaydi1.
Insonning ma’naviy madaniyati haqidagi fikr-mulohazalar 
rivojini XII asrning oxiri XIII asrning birinchi yarmida ijod 
etgan Ahmad Yugnakiy qarashlarida ko‘rish mumkin. Uning 
inson ma’naviy madaniyati haqidagi fikr-mulohazalari «Hibatul 
haqoyiq» («Haqiqatlar sovg‘asi») dostonida bayon qilingan. 
Ahmad Yugnakiy inson ma’naviy madaniyatining asosiga bilim- 
ni qo‘yadi. Bilimli, ilmli kishilarni yuksak ma’naviy madaniyat 
sohiblari sifatida qadrlaydi, e’zozlaydi2.
Shoir insonni bilimdan, bilimni esa insondan ajratish mumkin 
emas, degan g‘oyani bayon qiladi. Insondagi barcha nodonlik- 
larni, turmushdagi jaholatni bilimsizlikdan qidiradi. 0 ‘z navba- 
tida, insonning yuksak m a’naviy madaniyatga erishishi bilim 
bilan bog‘liqligini asoslashga urinadi. Bilim, ilm sarchashma- 
laridan bahramand bo‘lgan kishi ulug‘lik darajasiga ko‘tariladi. 
Bilimsiz kishi sog‘lom bo‘lsa ham, uning nomi o‘lik bo‘ladi. 
Ilmsiz, bilimsiz kishi iliksiz so‘ngakdek bo‘sh bo‘ladi. Iliksiz 
so‘ngakka hech qachon qo‘l urilmaydi. Shunday qilib, shoirning 
fikriga ko‘ra, bilimsizlik jamiyatda mavjud bo‘lgan jami yaramas 
illatlar uchun zamin hozirlaydi. Bilimdonlik esa ana o‘sha illatlar 
zaminiga bolta uradi3.
Ahmad Yugnakiy nafaqat ayrim imtiyozli kishilarni, balki 
ham m ani bilim olishga chaqiradi. Bilim olish, ayniqsa, 
kambag‘allar uchun o‘ta zarur, deb hisoblaydi. «Molsiz faqir 
kishiga uning ilmi tuganmas boylikdir, hisobsizga uning bilimi 
yechilmas (ochilmas) hisobdir»4, deb yozadi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin