rining obro‘si, shon-shuhrati soyasida yashamaydilar. Bunday
kishilar do‘stining obro‘si to‘kilsa undan o‘zini olib qochmaydi.
Chunki haqiqiy do‘st-u birodarlik musibat chog‘ida, qiyin lah-
zalarda sinovdan o‘tadi.
Shoirning inson to ‘g‘risidagi qarashlaridagi o‘ziga
xoslik shun-
daki, u insonni eng buyuk qadriyat deb tushundi. Olamda mavjud
bo'lgan barcha tirik majudotlarning ichida insondan buyukroq
zot bo‘lmaganligi uchun ham, undan ulug‘roq qadriyat yo‘q,
degan fikrni yangi dalillar bilan boyitdi.
Shoir inson buyukligini uning axloqiy kamoloti bilan o‘lchadi.
Uning fikriga ko‘ra, insondagi axloqiy kamolot o‘z-o‘zidan
sodir
bo‘lmaydi. Axloqiy fazilatlar, xislatlarning shakllanishida inson
yashayotgan ijtimoiy muhitning ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‘ladi.
Ijtimoiy muhit esa, uning bunyodkori bo‘lgan odam
lar tabiati bilan bevosita bog‘liq. Lekin odamlar o‘z tabiatlariga
ko‘ra turlicha bo‘ladi]ar. Xususan, shoir ta’riflaganidek, ko‘ngli
pok va gina-kudratni bilmaydigan odam daraxtga
0
‘xshasa1, boshqa
birovi xudbin, faqat o‘z manfaatini o ‘ylashdan nariga o‘ta ol
maydi, yaxshi odamlarning yo‘liga
don sochib, tuzoq qo‘yadi2.
Shuning uchun inson pok axloqli odamlar davrasida bo‘lsa,
ularning ta’sirida saxovatli bo‘ladi. Agar axloqi порок kimsalar
ta ’sirida bo‘lsa, insonning ongi va faoliyatida jirkanch qiliqlar,
g‘ayriinsoniy odatlar hosil bo‘ladi. Dono, aql-zakovatli kishilar
suhbati insonga
izzat-hurmat olib kelsa, nokas-nomard odamlar
gurungi kishi boshiga turli badbaxtliklar olib keladi, degan xulosa
chiqaradi.
Pahlavon Mahmud 0 ‘rta Osiyoda mug‘ullar
hukmronlik qilib
turgan bir sharoitda odamlar xulq-atvoridagi umuminsoniy axloq
normalariga zid xatti-harakatlar jamiyatda mavjud bo‘lgan turli
ijtimoiy ziddiyatlar bilan bog‘liq ekanligini isbotlashga urindi.
0 ‘zi yashayotgan jamiyatda mehrsiz,
bevafo kishilar soni
ko‘payib, samimiy odamlar sonining kamayib borayotganligini
qattiq alam, o‘kinch bilan tasvirladi. Turli ijtimoiy ziddiyatlar
avj olgan zamonda samimiy sherikni, sodiq do‘stni topmoq
Dostları ilə paylaş: