O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Bunday anglashilmovchiliklarni akademik V.V.Bartold, akademik A.Krimskiy



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Bunday anglashilmovchiliklarni akademik V.V.Bartold, akademik A.Krimskiy
va boshqa yevropalik olimlarning asarlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
2 Zohidov V I. Alisher N avoiyning g‘oya va obrazlari olami. Toshkent, 1961.
3 Abdumalik Orif. N avoiy so ‘fiymi yoki mutasawufmi? G ‘oyiblar hayolidan
yongan chiroqlar. Toshkent, 1994, 217—227-betlar.
210


Ma’lumki, xalifa Usmon zamonasida boshlangan imperiya amal- 
dorlari-yu, ulam olarining m ol-u dunyo to ‘plashga hirs 
qo‘yishining yanada avj olishi islom diniga e’tiqod qo‘ygan kishi- 
larning g‘ashiga tega boshladi. Islom axloqiga xos bo'lgan inson- 
parvarlik va adolatparvarlik an’analaridan chekinish boshlandi. 
Biror foydali mehnat qilmay, boshqalarning mehnati hisobiga 
yashash avj olib borgan bo‘lsa, boshqa bir guruh kishilar sabr- 
qanoat, ya’ni zuhd yo‘lini tutdilar. Amir-u hokimlarning axloq- 
sizligiga qarshi norozilik alomati sifatida tarkidunyo qilib, o‘z 
yurtlaridan chiqib ketdilar.
t
Tarkidunyo qilgan qalandar-darvishlar ijtimoiy hayotdan chet- 
lashib, uzluksiz toat-ibodat bilan shug‘ullanib, bu dunyoning 
barcha lazzatlaridan voz kechib, Xudo vasliga yetishni va bun- 
dan lazzatlanish g‘oyasini zo‘r berib targ‘ibot va tashviqot qila 
boshladilar. Ularning ba’zi birovlari yurt kezib, butun umrlarini 
safarda, odamlar orasida o‘tkazishsa, boshqa birovlari o‘z ustoz- 
lari, pir-u murshidlari bilan birga turishardi. Ular oila qurmay, 
bola-chaqa ko‘rmay, tilanchilik bilan kun o‘tkazishar, nafslarini 
jilovlab, faqirona yashashardi. Katta-kichik yig‘inlarda yaxshilik va 
yomonlik haqida va’z aytishardi.
Qalandar-darvishlarning kiyinishlari ham o‘zgacha edi. Ust- 
larida quroq va juldur kiyimlar, boshlarida ba’zan do‘ppi, ba’zan 
esa kuloh bo‘lardi. Yonlarida turli narsalarni solish uchun kadi 
osib yurishar, bellarida kamar, qo‘llarida hassa tutardi. Ko‘chama- 
ko'cha, shaharm a-shahar yurib, Qur’oni Karimdagi: «Agar 
Xudoni sevadigan bo'lsangiz, menga ergashinglar, shunda Olloh 
sizlarni sevadi»', degan oyatni qayta-qayta takrorlardilar. Ko‘rinib 
turibdiki, so‘flylik o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichida zo- 
hidlik, ya’ni tarkidunyochilik g‘oyalarini targ'ib etgan edij Zo- 
hidlik, ya’ni tarkidunyochilik g‘oyalarini Uvays Qaraniy (657- 
yilda vafot etgan), basralik Hasan (728-yilda vafot etgan), Moliki 
Dinor (748-yilda vafot etgan), Abu Hoshim So‘fiy (767-yilda 
vafot etgan), Sufyona Savriy (777-yilda vafot etgan), Abdulloh 
ibn Muborak (797-yilda vafot etgani), Fuzay ibn Ayoz (802- 
yilda vafot etgan) qarashlarida ko‘rish mumkin2.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin