O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


«Axloqi Jaloliy» 1470—1478-yillar orasida fors tilida yozilgan. 1830-yilda V.F



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 «Axloqi Jaloliy» 1470—1478-yillar orasida fors tilida yozilgan. 1830-yilda V.F.
Tompon tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. 1911-yilda Kalkuttada chop etilgan.
1948-yilda Ishonjon ibn Mahmudxo'ja ushbu asarni o ‘zbek tiliga tarjima qilgan.
208


yo‘liga kirishgan. Bunday shahar hokimlari ta ’magir, johil 
bo‘ladilar. 0 ‘zlariga zarur bo‘lgan xohish-istaklarni amalga oshi- 
rish uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydilar, yara- 
mas, razil, pastkash bo‘ladilar. Bunday shahar fuqarosi tuban- 
likda o‘z hokimlaridan qolishmaydilar, uning amr-farmoyish- 
larini bajarmaslikka harakat qiladilar.
Davoniyning fikriga ko‘ra fozil shaharda yashayotgan kishi­
lar doimo baxt-saodat, adolat tomon intilsalar, johil shahar 
fuqarolari yalpi baxtsizlik, qashshoqlikka giriftor bo‘ladilar. «Ax- 
loqi Jaloliy»da ta’kidlaganidek1, adolat qoidalariga amal qilin­
gan, kishilararo ahillikka erishilgan har qanday davlatda rivoj- 
lanish sodir bo‘lgan. Odamlar orasida turli janjallar, nifoqlar 
va bir-birini ezish yuzaga kelgan joyda inqiroz sodir bo‘lgan.
Davoniy davlat va jamiyatni boshqarish muammolariga katta 
e’tibor bergan. Uning fikriga ko‘ra davlatni mukammal va odil 
Shoh boshqarmog‘i, unda davlatni boshqarish uchun quyidagi 
o‘nta fazilat mujassamlashmog‘i lozim. Birinchidan — davlat 
boshlig‘i fuqarolarda o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otmasligi, ularni 
xafa qilmasligi; ikkinchidan — davlat ishlarining o‘z vaqtida, 
adolatli bajarilishi uchun fidoyilik qilishi; uchinchidan — hirs va 
shahvatga berilmasligi; to ‘rtinchidan — davlat boshlig‘i shosh- 
ma-shosharlik va g‘azabga emas, balki shafqat va mumwatga 
asoslanishi; beshinchidan — xalqning ehtiyojini qondirishda 
Xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalqning 
xohish-istaklarini qondirishdan o‘zini olib qochmasligi; yet- 
tinchidan — fuqarolar gunohlarini avf eta bilish; sakkizinchidan
— bajaradigan har bir ishini, qabul etadigan har bir qarorini 
atrofidagilar bilan kengashib olishi; to ‘qqizinchidan — har kimni 
qobiliyatiga qarab munosib lavozim bilan ta ’minlashi, qobiliyat- 
siz kishilarga yuqori mansab bermasligi; o'ninchidan — adolatli 
farmonlar chiqarishi, biron kishining qonunni tjuzishiga yo‘l 
qo'ymasligi zarur.
Shuningdek, Davoniy davlat boshlig‘iga bir qator diniy ta- 
lablar ham qo‘ydi. Xususan, davlatni boshqaradigan kishi 
xudojo‘y bo‘lishi, diniy urf-odatlarni, marosimlami so‘zsiz ba- 
jarishi darkor, deb teokratik hokimiyat tarafdori bo‘lgan. Din 
bilan davlatni, siyosiy hokimiyat bilan diniy hokimiyatni bir- 
biridan ajratib bo‘lmasligini ta ’kidlagan.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin