O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Mir Sayid Sharif Jurjoniy 1339-yilda Eronning Gurgon viloyati markazi



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Mir Sayid Sharif Jurjoniy 1339-yilda Eronning Gurgon viloyati markazi
Astrobod shahri yaqinidagi Tag‘u qishlog‘ida tug'ilgan. Yoshligidan falsafa, man-
tiq, tilshunoslikka qiziqqan. H irot, Qarmon (Turkiya), Qohira shaharlaridagi
yetakchi olimlardan saboq olgan. Yetuk olim bo‘lib shakllangach, vataniga qaytib,
Sheroz madrasalarida dars bergan. 1387-yilda Amir Temur tom onidan Sheroz
fath etilishi munosabati bilan Samarqandga kelgan. Samarqand madrasalarida falsafa,
mantiq, falakiyot, fiqh, til va adabiyot, munozara ilmlaridan talabalarga saboq
bergan, 50 dan ortiq asar yozgan. Temur vafotidan so ‘ng Sherozga qaytgan va
1413-yilda vafot etgan.
206


vom ettirgan eronlik mashhur faylasuf Jaloliddin Davoniyning1 
tushuntirishicha, inson qaysi toifaga mansub bo‘lishidan qat’iy 
nazar, uning tanasida moddiy olam asosi hisoblangan to‘rt unsur
— suv, havo, tuproq, olov mavjud bo‘ladi. Bu unsurlar in­
sonning mehnat faoliyatiga ham o ‘z ta’sirini o‘tkazadi. Hatto 
inson o‘z qo‘li bilan yasagan mehnat qurollarining tarkibida 
ham to ‘rt unsur mavjud boMadi. To‘rt unsurning har biri inson 
kundalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni 
yaratadi. Chunonehi, suv bilan olov — isitish, sovutish, ovqat 
tayyorlashga xizmat qilsa, havo — nafas olish uchun zarur 
bo‘lib, u inson ruhiga orom beradi. Tuproq esa urug‘ sochish, 
oziq-ovqat, uy-joy qurish va hokazolarga kerak bo'ladi.
Jaloliddin Davoniyning fikriga ko‘ra, olam moddiy asosini 
tashkil etgan to ‘rt unsur jamiyat taraqqiyoti uchun ham xizmat 
qiladi. 
H atto , 
jah o n
sivilizatsiyasining 
eng 
m uhim
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan yozuv uchun zarur bo‘lgan 
harflarning o ‘ziga mos shakli bo‘ladi. Ushbu shakllar ham tabi- 
atga qiyos etilgan. Harflarning nomi esa osmon jismlari va Xudoga 
borib taqaladi. Harflar Xudo, tabiat va insonni birini ikkinchisi 
bilan bog‘lab turuvchi eng muhim vositadir.
Eronlik faylasuf borliqning turli shakllari orasidagi o‘zaro 
aloqadorlik mohiyatini bilishda inson aqlining ahamiyati katta 
ekanligiga e’tiborini qaratadi. 0 ‘zining «Nur-ul-Hidoya» asarida 
insonning har bir harakati, qilgan ishi uning aqli bilan bog'liq 
bo‘ladi. Shuning uchun ham inson faoliyati aqlga bo'ysunishi 
lozim. Aqlli kishi ikkita qarama-qarshi fikmi eshitganda, o‘z 
bilimiga asoslanib puxta o‘ylab ko‘rishi, aql tarozisi bilan o‘lchashi 
lozim. Ana o‘shandan so‘ng aql hukmiga to‘g‘ri keladigan va 
aniq isbotlangan fikrni ma’qullashi zarur, deb yozadi.2

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin