O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Jaloliddin Davoniy 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatidagi Davon qishlog'ida



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Jaloliddin Davoniy 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatidagi Davon qishlog'ida
tug'ilgan. Boshlang‘ich maktabni tugatgandan so ‘ng Sheroz madrasalaridan birida
o'qigan. Madrasani tugatgach, Sheroz shahrining qozisi bo‘lib ishlagan. Qozilik-
dan iste’foga chiqqach, madrasaga mudarrislik qilgan. Keyinchalik qishlog‘iga qaytib,
umrining oxirigacha ilmiy ish bilan shug'ullangan va 1502-yilda vafot etgan. Falsafa,
mantiq, fiqh, axloqshunoslik, riyoziyot va geometriyaga oid bir necha asarlar
yozgan, chunonchi «Zaruriyatning isboti haqida risola», «Harflar haqida risola»,
«Mijoz talqini haqida risola», «Ruhshunoslik haqida risola», «Bolalarni tarbiya-
lash usuli», 
«Armiyani boshqarish prinsipi» kabi asarlari ilmiy jamoatchilikka
yaxshi m a’lum. (Jning eng yirik asari «Axloqi Jaloliy» maktab va madrasalarda
o ‘quv qo‘llanma sifatida keng foydalanilgan.
2 Jaloliddin Davoniy. N ur-ul-H idoya. O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tari-
xidan. Toshkent, 1995, 133-bet.
207


Davoniyning fikriga muvofiq, insonning aqliy qobiliyatlari 
tug‘ma bo‘lishi yoki kundalik faoliyat jarayonida shakllanishi 
mumkin. Insonning tug‘ma aqliy qobiliyatiga: zehn o ‘tkirligi, 
faraz qilish, hamfikrlilikni kiritadi. Shuningdek, insonda aqliy 
qobiliyatlar yashashi, mehnat qilishi, o‘qishi davomida ham 
hosil bo'ladi. Buning uchun inson yashayotgan tashqi muhit 
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Donolik aqllilik mahsuli bo‘lib, 
uning eng muhim ko‘rsatkichlari: xotira mustahkamligi, fahm 
tezligi, iqtidorlilik, zehn o‘tkirligi, deb hisoblaydi. Shunday qilib, 
Davoniy inson aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi mezonlarni belgi- 
lab berishga harakat qiladi.
Eronlik faylasufning e’tirof etishicha, insondagi barcha axloqiy 
fazilatlar, xislatlar, aqliy qobiliyatlar, kasbga xos malakalar ta’lim 
va tarbiyaning natijasidir. Xususan, bola tug‘ilgan vaqtda unda hech 
qanday nuqson bo‘lmaydi. Unda mavjud bo'lgan barcha fazilatlar, 
xislatlar yoki salbiy holatlar esa tarbiya jarayonida hosil bo‘ladi. 
Shuning uchun bolada yaxshi fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar va 
kasbga xos malakalarni hosil qilish uchun tarbiyani yoshligidan, 
hatto tug‘ilganidan boshlab amalga oshirish darkor.
' Odam to ‘g‘risidagi qarashlar bolalarda ijtimoiy muhit ta’sirida 
shakllanadi, yaxshi-yomon malakalar, qobiliyatlar hosil bo‘ladi. 
Bola qalbi toza taxtaga o‘xshaydi. Unga har qanday tasvirni be- 
malol, osongina tushirish mumkin. Davoniy fikriga muvofiq, 
insonda tayyor xulq-atvor bo‘lmaydi. U ijtimoiy muhit, ayniq­
sa, maktab ta’sirida hosil bo‘ladi. Shuning uchun bolalarning 
qobiliyatli, iqtidorli bo‘lishi o‘qituvchiga ham bog‘liq. O'z nav­
batida, o ‘qituvchini sevishga, hurm at qilishga chaqiradi. 
0 ‘qituvchini haqiqiy m a’naviy ota deb hisoblaydi.
Jaloliddin Davoniy inson faoliyatini axloq va qonun yor­
damida jamiyat manfaati tomon boshqarish mumkin ekanligiga 
ishonadi. Har qanday johillikni, nodonlikni bartaraf etish yo'llari 
va vositalarini izlaydi. U o ‘zining «Axloqiy Jaloliy» asarida1 
shaharni (davlatni) fozil va johilga bo‘ladi. Fozil shaharda baxt- 
sizlikka olib boruvchi barcha yo‘llar berkitilgan. Chunki bunday 
shaharni bilimli, jasur kishilar boshqaradilar. Bu yerda insof, 
adolat tamoyillari hukmron. Odamlar belgilangan qoida va qonun- 
larga rioya qiladilar. Johil shaharda esa odamlar baxtsizlik va falokat

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin