diy, Faxriddin ar-Roziy ibn al-Faridalarning suhbatlaridan
bahramand bo‘ldi.
Mutakallimlik g‘oyalari ta ’sirida Muhyiddin Arabiy musul
mon falsafasida vujudiyun nomi bilan mashhur bo‘lgan «vah-
dati vujud» ta’limotini yaratdi. Ushbu ta’limotga asosan, Xudo
va inson borlig‘i
bir butunlikni, birlikni tashkil etadi. Xudo
bilan insonning birligi to ‘g‘risidagi ta ’limot, Xudo bilan inson
ni, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yuvchi aqidalarga nisbatan ilg‘or
fikr edi. Xuddi shuning uchun ham «vahdati vujud» ta’limoti
musulmon falsafasida nafaqat hurfikrlilik, balki insonparvarlik
g‘oyalarining rivojlanishida ham mustahkam asos vazifasini ba-
jaradi. 0 ‘z
navbatida, «vahdati vujud» ta’limoti ruhni, jonni
tanadan ajratishga, jonni tanaga, m a’naviylikni moddiylikka
qarama-qarshi qo'yishga asta-sekin barham bera boshladi.
0 ‘rta asr xristian falsafasida Xudo insonga o‘xshaydi, deb
ta ’riflangan bo‘lsa, musulmon faylasuflarining
asarlarida Xudo
o‘zidan boshqa hech kimga o‘xshamaydi, deb tushuntirilar edi.
Muhyiddin Arabiy o‘rta asr musulmon falsafasida birinchilardan
bo‘lib, inson bilan Xudo orasidagi o‘xshashIik alomatlari mavjud
ekanligini tushuntirishga harakat qildi. Muhyiddin Arabiyning tu
shuntirishicha «Xudo u yoki bu qiyofada ikki bor namoyon
bo‘lmasada»', odamlar uchun anglab bo‘lmas sir hisoblangan.
U turli ismlari bilan kishilarni o‘zi tomon chorlab turadi. Olz
fikrini isbotlash uchun Qur’oni Karimda Xudoning 99
ismi bor
ekanligini eslab o‘tadi.
Muhyiddin Arabiyning fikriga muvofiq, Xudo haqida aql tili
bilan gapirish mumkin, lekin aql kuchi bilan uni bilib bo‘lmaydi.
Aql
isbot talab qiladi, dalil, tajriba bilan ish ko‘radi. Vaholan-
ki, Xudoning borligini, uning turli fazilatlari,
xislatlarini dalil
orqali isbotlash mushkul. Chunki Xudoning fazilatlari, xislatlari
aql doirasiga sig‘maydi.
Muhyiddin Arabiy o‘zining «Fusus ul-hikam» kitobida in-
sonni «borliqning yig‘indisi», deb tushuntiradi.
Borliq inson tufayli
chinakam tirik holga kiradi. Shuning uchun ham inson butun
borliqning, ya’ni borliqning turli shakllarining xulosasi, yakuni
Dostları ilə paylaş: