O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Qarang: N azarov M. 0 ‘lim etnografiyasi. Fan va turm ush, 1992, № 1



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Qarang: N azarov M. 0 ‘lim etnografiyasi. Fan va turm ush, 1992, № 1,
23-b et.
2 Iskandarov B. Tasavvuf falsafasi. Toshkent, 1995, 39—44-betlar.
213


yuksak m a’naviyatli, qalbi yaxshilik, ezgulik bilan to‘la kishidir. 
Ana shunday odamlar soni jamiyatda qancha ko‘p bo‘lsa, bu 
foniy olam shuncha barqaror va osoyishta bo‘ladi.
X asrga kelib, so‘fiylikning g‘oyaviy-nazariy asosi — tasawuf- 
ning shakllanish jarayoni boshlandi1. So‘fiyIikning g‘oyaviy-nazariy 
qismi tasawuf o‘rta asr falsafasidagi Qur’on va Sunna an’analariga 
asoslanuvchi yirik ta’limotlar: sunniylik va shialikka, mutakallimlik 
va mu’taziliylikka nisbatan musulmon madaniyati va ma’naviyati 
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, islom 
aqidalari, qonun va qoidalarini qayta tahlil qilish imkoniyatlarini 
vujudga keltirdi. 0 ‘z navbatida, tasawuf o‘rta asr musulmon fal­
safasida hurfikrlilik ko‘rinishi sifatida ham namoyon bo‘ldi. Shu­
ning uchun Ye.E.Bertels yozganidek, «tasaw uf adabiyotini 
o‘rganmasdan turib, o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti 
haqida tasawurga ega bo‘lish mumkin emas. Bu adabiyotdan 
xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham anglash qiyin»2.
Alqissa, tasawufni qandaydir bir eklektik ta’limot, ya’ni 
turli ilmlarning mexanik qorishmasi, deb boMmaydi. U o‘zidan 
awal vujudga kelgan barcha madaniy-ma’naviy boyliklarni o‘zida 
mujassamlashtirgan va ularni qayta ishlab chiqqan, shu asosda 
yangi tasawufiy g‘oyalarni shakllantirgan. 0 ‘z navbatida, tasav- 
vuf odamlarning orzu-umidlarini, ruhiy-ma’naviy yetuk insonni 
shakllantirish borasidagi istaklarini ifodalagan. Uning ijtimoiy 
mag‘zini kambag‘al, kam ta ’minlangan: shaharlardagi kichik 
savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylarning kambag‘allashgan 
qismi, shayxlar (pirlar)ning muridlari tashkil etadi3.
Tasawuf ilmi ko‘pchilik holatlarda keng xalq ommasi man- 
faatlarini himoya qildi. Fuqarolarni xalq, millat, davlat, mu­
sulmon madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan islom dini man- 
faatlarini himoya qilishga da’vat etdi. Ko'rinib turibdiki, tasawuf 
ba’zi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek «mistik, o‘z qobig‘iga o‘ralib 
qolgan ta ’limot» emas, balki keng mehnatkashlar ommasi man- 
faatlarini ifodalovchi diniy-falsafiy ta’limotdir.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin