lardan uzoq turishi, o‘z ko‘zini (ko‘z vara’si) shubhali narsa-
larga,
harom -xarishga tushirmasligi, ko‘pchilikka m anzur
bo‘lmaydigan bachkana qiliqlar (qalb vara’si) qilmasligi, ko‘ngil
tortmagan barcha narsalardan parhez qilishi lozim.
Vara’ning davomi — zuhddir. Zuhd — insonning yomonlik-
dan hazar qilish qobiliyati. Haromni
va halolni ajrata bilish,
taom va ichimliklardan saqlanish, poklikni ulug‘lash, insondagi
barcha illatlarning doyasi bo‘lgan nafsga, xudbinlikka qarshi
kurashish, mol-u dunyoga butkul qul bo‘lib qolishdan saqla
nish,
zulm va dilozorlikdan, g'ofillik va o‘tkinchi ho-yu ha-
vaslardan ustun chiqish, tozalikni o‘zining kundalik turmush
tarziga singdirish qobiliyatidir.
So‘fiy allomalaming fikriga ko‘ra, inson ruhiy-ma’naviy
yetuk-
lik tomon borayotganligini ifodalovchi alomatlar — faqirlik va
sabrdir. Faqirlik — Xudoga bo‘lgan bandalikni sidqidildan bajo
keltirish, Parvardigor uchun qilgan barcha ishlarini hali kam
deb
baholash, ozligini doimiy his etib turish malakasidir. Kam-
tarlik — soddalik alomati bo‘lsa, sabr — inson chidamliligi,
toqati ifodasidir. Sabr-toqatli inson har qanday balo-qazolardan
qo‘rqmaydi, qiyinchiliklarga chidaydi. Oh-voh chekib,
shikoyat
qilmaydi. Sabr o‘z navbatida, kishining imon-e’tiqodining ham
ifodasidir. Alisher Navoiy yozganidek, qaysi baxtsiz sabr etagini
tutgan bo‘lsa, u oxiri murodga etadi: qaysi bir giriftor ko‘ngiI
sabr tugunini bo'shatmagan bo‘lsa, uning baxt tuguni ochiladi.
Sabr — shodliklar kalitidir... Baloga giriftor bo‘lib, nobud bo‘lish
xavfi ostida qolgan odamning
hayoti sabr tufayli ozod; har bir
noumid shaxsning tushkun ruhi sabr tufayli tetik, obod bo'ladi1.
Ruhiy-ma’naviy yetuklik pillapoyalaridan ko‘tarilayotgan har
bir kishi hamisha ikkilanib turadi. 0 ‘zining amaliy faoliyatidan
to ‘la qoniqish hosil qilmaydi. Bundan tahlikaga tushadi.
Atrof-
tevaragida sodir bo‘layotgan turli makr-xiylalar qalbida xavf-
qo‘rqishni vujudga keltiradi. Xuddi shuning uchun ham so‘fiylar
xavfni tariqat odobining muhim qoidalaridan biri, deb hisob-
laganlar. Qalbda hosil bo‘lgan
ishonchsizlikka, imon va e’tiqodni
qarshi qo‘yishga da’vat etganlar.
Dostları ilə paylaş: