O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent,1983, 46-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent,1983, 46-bet.
221


Ruhiy-ma’naviy yetuklik tomon siljib borayotgan inson ha- 
misha turli xavf-xatarlar, shubha-yu gumonlardan tezroq quti- 
Iish umidi bilan yashaydi. Ana shu umid, ana shu orzu uning 
ruhiy-ma’naviy barkamollik pillapoyalaridan dadil ko‘tarilishi 
uchun qanot baxsh etadi. Ya’ni, rijo umidvorlik — ruhiy-ma’naviy 
barkamollik jarayonining muhim alomatidir.
So‘fIylarning tushuntirishicha, ruhiy-ma’naviy yetuklik to­
mon odimlab borayotgan inson o‘zining amaliy faoliyatida faqat 
Parvardigorga tayanishi lozim. Turmushda uchrab turadigan 
quvonchlar va tashvishlar, shodliklar va musibatlarning barcha- 
sini Ollohning inoyati bilan sodir bo‘lgan deb tushunishi va 
bunga qattiq ishonishi tavakkuldir. Tavakkul — o‘z navbatida 
inson im on-e’tiqodi ifodasi hamdir.
Inson ruhiy-ma’naviy kamolotga yetishishi jarayonining eng 
oxirgi bosqichi rizodir. Kamolotning ushbu bosqichiga ko‘tarilgan 
inson, endi o‘z faoliyatida ilohiy qismatga zarracha e’tiroz 
bildirmaydi. Barkamollikning bunday bosqichiga ko‘tarilgan kishida 
g‘azab ham, hayajon ham, gina-yu kudrat ham, xafalik ham 
so‘nib qoladi. So‘fiylar tili bilan aytganimizda, inson nafs 
roziligidan chiqib, Haq roziligiga kiradi va rizo — uning ruhiy- 
ma’naviy yetukligini ifodalovchi muhim belgidir.
Tariqat adabining ushbu to ‘qqiz talabiga diqqat bilan nazar 
solsak, ushbu qoidalar orasida mustahkam dialektik aloqadorlik 
mavjud ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Xususan, ushbu talab- 
larga muvofiq, barkamollikka intilayotgan kishi, awalo, o‘zini 
tiya bilishi, kam yeyishi, kam uxlashi, kam gapirishi, barcha 
axloqsizliklardan chetda turishi, nafaqat o ‘z tanini, balki 
ma’naviyatining ham pok bo‘lishiga erishishi, o‘zini ruhan chi- 
niqtirishi, uzluksiz mutolaa qilishi, xotira va zehnini o ‘tkirlab 
turishi, surunkali zikr orqali Ollohning muborak nomlarini qalbiga 
joylashtirishi, uning qudratiga har tomonlama qalbdan iqror 
bo‘lishi lozim. Xudo vasliga yetish orzusidagi har bir kishi 
tariqat qoidalariga ko‘ra dunyo lazzatlari, hirs-u havaslaridan 
voz kechib, jismi-jonini ruhiy qiynoqlar girdobiga solishi, bu­
tun irodasi, fikr-u zikrini Olloh yodiga yo‘naltirishi darkor.
Tariqat adabining biz yuqorida sanab o‘tgan to ‘qqiz qoidasi 
talablarini bajarish odat tusiga kira borishi bilan insonda o ‘zini
222


o‘zi cheklash, ya’ni musohaba va o'zini o‘zi kuzatish, ya’ni 
muroqaba, shuningdek, o‘z faoliyatini uzluksiz nazorat qilish 
malakasi hosil bo‘ladi. Shu tufayli, uning ma’naviyatida ham, 
ruhiyatida ham jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Oqibatda, barkamollik 
tomon intilayotgan kishida Ollohning ilohiy jamoli haqida tasav- 
vur hosil bo‘ladi. Bunday ilohiy tasawurdan shogird qalbi zavq- 
shavqqa to ‘ladi, qalbi Olloh mehri bilan to ‘lib-toshadi. Ruhiy- 
ma’naviy barkamollik tomon intilayotgan shogirdning har bir 
harakati ustoz tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi, undagi 
ruhiy-ma’naviy o‘zgarishIar rag‘batlantirib borilishi kerak.
Tasawufiy adabiyotlarda1 ta ’kidlanishicha, tariqat adablarini 
o‘zlashtirish murakkab jarayon bo‘lib, pastdan yuqoriga qarab 
boruvchi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism «maqomat» 
deb atalsa, ikkinchi qism «hoi» deb yuritiladi. «Maqomat»dagi 
o‘zgarishlarni ifodalovchi bir necha ko‘rsatkichlar bo‘lganidek, 
«hol»da bo‘ladigan siljishlarni ifodalovchi ham bir necha 
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi.
Inson ruhiyatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni quyidagi yetti 
ko‘rsatkich ifodalaydi: «qurb», «muhabbat», «shavq», «uns», 
«mujohida», «mushohida», «mukoshifa».
«Qurb» — inson ruhiyatida bo‘ladigan o‘zgarishlaming dast­
labki holatidir. Ushbu holat shogirdning Tangri taologa yaqin- 
lashib borayotganini, Xudo vaslini bevosita seza boshlaganini 
ifodalasa, «muhabbat» qalbda sodir bo'lgan kuchli tug‘yon, 
betoqatlik va bezovtalik, Tangri tomon bo'lgan intilish, talpi- 
nishni anglatadi. «Shavq» muhabbatning zo‘rayib borayotganli- 
gidan dalolat bersa, «uns» Xudo mehriga, shafqatiga ko'nikish, 
odatlanish malakasini ifodalaydi.
«Mujohida» — turli nafslarni chegaralay olish, jilovlay bi­
lishga bo'lgan intilishning holati, bu borada insonning o‘z ta- 
niga, jismiga ko'rsatgan ta ’siri, ma’naviyatining his-tuyg‘u usti­
dan hukmronligini ta ’minlash uchun olib borgan shiddatli jan- 
gi (jihod) va o‘sha kurashda g'olib chiqish san’atidir. Ana shun­
day ruhiy jang-u jadallardan keyingina shogird Xudo jamolini 
mushohada eta boshlaydi. Mushohada qilish jarayonida inson bilan

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin