Ahmad Donish fikriga ko‘ra, jamiyatni insonparvarlashti-
rishning eng muhim shartlaridan biri ijtimoiy adolat norama-
lariga tayanmoq, xususan, odamlar
orasida tenglikni barqaror
qilishdir. Ayniqsa, jamiyatda yaratilgan moddiy va ma’naviy
boyliklami teng taqsimlamoq zarur. O'shanda odamlar orasidagi
turli mojarolar, kelishmovchiliklar bartaraf etiladi.
Jamiyat hayotini insonparvarlashtirish uchun qoraqalpoq shoiri
Berdimurod Berdah1 fikriga ko‘ra,
davlat xalqqa, o‘z navbatida,
odamlar Vataniga, xalqiga xizmat qilishi, o‘z
mehnatidan zavq-
shavq olishi darkor. Inson jamiyatda qadrlanishi, hurmatlanishi,
buning uchun har bir kishidagi rostgo‘ylik, haqiqatgo'ylik
e’zozlanishi kerak. Ma’naviy-axloqiy qiyofasida bunday xislatlar
bo‘lmagan kishini Berdah inson deb hisoblamaydi.
Berdah fikriga ko‘ra, fuqarolar ma’naviy-axloqiy qiyofasidagi
salbiy illatlar
ular yashayotgan zamona, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum
bilan bog'liq. Ma’naviy-axloqiy yaramas illatlami tugatish uchun,
eng awalo, ijtimoiy adolatsizlikka barham berish, kishilami ma’rifatli
qilmoq lozim. Jamiyatda ma’rifath kishilami ko'paytirmoq
uchun
mamlakatni vijdonli, odil, o‘z manfaatidan xalq manfaatini ustun
qo‘yuvchi kishi boshqarmog‘i zarur, deb hisoblaydi.
Har qanday jamiyatda ham fuqarolaming katta qismini xotin-
qizlar tashkil etadi.
Shuning uchun ham Berdah, jamiyat ha
yotini insonparvarlashtirish xotin-qizlar turmush tarzi, ularning
madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog'liqligini ta’kidlaydi. Jamiyat
da ayollar bilan erkaklar teng bo‘lishi lozim. Shunday bo'lsada,
ayol erkakning sodiq do'sti bo‘lib, erini qattiq sevishi va hurmat
qilishi zarur. U ayolning katta qalin evaziga sotilishini qoralaydi.
Bunday odatni aqlsizlik
va axloqsizlik alomati, deb baholaydi.
Jamiyat hayotidagi urf-odatlar ayol izzat-nafsiga tegadi, insoniy
haq-huquqlarini poymol qiladi. Qoraqalpoq shoiri xotin-qizlar-
ning insoniy haq-huquqlarini himoya qilishga chaqiradi.
Dostları ilə paylaş: