olijanob vazifani davlat tizimini isloh qilish, uni qayta qurish
orqali amalga oshirish mumkin, deb o'ylardilar. Xususan, yosh
buxoroliklar jamiyat hayotini insonparvarlashtirishning
eng muhim
sharti davlatni isloh qilish deb bilardilar. Shuning uchun ham,
yosh buxoroliklar Buxoro amiri Sayid Olimxonni davlatni is
loh qilish, uni qayta qurishga chaqirdilar.
Abdurauf Fitratning fikriga ko‘ra, davlat tizimini isloh qi
lish uchun, eng awalo, fuqarolar ongi va faoliyatiga mus-
tahkam o‘rnashib olgan mol-dunyoga hirs qo'yish, uning cho'risi
bo'lish kayfiyatlariga zarba berish zarur. Foyda ketidan quvish
psixologiyasining salbiy oqibatlarini fosh etish darkor.
Bunday
holatni uning 1920-yilda yozgan «Chin sevish» asaridan darhol
bilib olish mumkin. Ushbu asarda mol-dunyo to ‘plashga hirs
qo'yish, pul-u oltinga sajda qilishning ortib borishi bilan odam-
larda mehr-oqibat kamayib borayotganligi badiiy bo‘yoqlar yor
damida tasvirlab berilgan.
Abdurauf Fitrat davlat tizimini isloh qilish, uni qayta qu
rish jarayonini jadallashtirmoq uchun fuqarolarda mustaqil fikr
lash malakalarini shakllantirish lozim, deb hisoblaydi. Bunday
g‘oya uning «Shaytonning Tangriga isyoni» (1924) dramasida o‘z
ifodasini topadi. Shuning uchun ham ushbu she’riy dramani
olmon
tiliga tarjima qilgan, uni alohida risola qilib chop etiigan
professor Ingeborg Boldauf asarni ekzistensializmning namuna-
si, deb baholaydi. Xozirgi zamonning fitratshunos o‘zbek tad-
qiqotchilari (masalan, N.To'raqulov) ushbu asami Dantening
«Ilohiy komediya»siga tenglashtirmoqdalar.
Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyoda
shakllangan ma’rifatparvarlik, XX asrning
boshida asta-sekin rivoj-
lanib, yirik ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy harakatga aylandi.
Jadidchilik harakatining g'oyaviy-nazariy asoslarini jadidizm tashkil
etar edi. Jadidizm o‘tgan asrning boshida milliy-ozodlik, milliy-
istiqlolga chorlovchi yirik g'oyaviy-nazariy
qarashlar va uni amalga
oshirish yo'llari, uslublari va usullarini o'zida mujassamlashtir-
gan yaxlit ta ’lim ot darajasiga ko'tarildi. Ushbu qudratli
ta ’limotning asosiy maqsadi — inson taqdiri edi. ^turkiston
fuqarolarini zulm va zo'rlikdan, ijtimoiy adolatsizlik va tengsiz-
likdan, m adaniy-m a’naviy tanazzuldan,
Chor Rossiyasining
kolonial istibdodidan qutqarish, ozod-farovon hayot qurish,
boshqacha aytganimizda, insonparvar,
demokratik jamiyat qurishga
qaratilgan edi.
326