O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkentda tug'ildi. Boshlang'ich ma’lumotni mahalla



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkentda tug'ildi. Boshlang'ich ma’lumotni mahalla
maktabida oldi. Madrasada o ‘qidi. Arab, fors, rus tillarini o ‘rgandi. 1904-yilda Mirobodda
so'ngra Degrezlikda yangi usuldagi maktab ocliib, o ‘quvchilarga dars berdi, darsliklar,
o ‘quv qo‘llanmalari yozdi. 1900-yilda «Jamiyati xayriya» ochiib, maktab-maorif ishlariga
yordam berdi. 1914-yilda «Nashriyot», 1916-yilda «Maktab* shirkatlarini tuzdi. «Taraq­
qiy*, «Shuhrat», «Osiyo», «Turon», «Ishtrokiyun* gazetalarini chiqardi. 1930—1934-
yillarda ToshDU ( 0 ‘zM U) kafedrasini boshqardi. 1934-yilda vafot etdi.
2 Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. Toshkent, 1979, 29, 61, 119-betlar.
3 0 ‘sha asar, 79-bet.
321


— butun mavjudotning sohibidir. Chunki insonning aql-zakovati 
bor. U shu qudrat yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli butun 
dunyoni boshqaradi. Aql — insonning pir-u komil, murshid-u 
yagonasidir. Ruh — ishlovchi, aql — boshlovchidir. Inson o'zining 
aql-farosati tufayli boshiga tushadigan har qanday balo-qazodan 
saqlanadi, deb fuqarolar, ayniqsa, yoshlar aqliy kamoloti haqida 
tinimsiz qayg'urish — insonparvar jamiyatning muhim vazi- 
falaridan biri bo'lishi lozimligini ta’kidlaydi1.
Inson aqliy kamoloti haqida qanday qayg‘urgan bo‘lsa, uning 
idroki to ‘g‘risida ham shuncha qayg'uradi. Idrokni inson fikrini 
o‘stirishning, ziyraklikning asosi deb bilardi va inson yoshligi- 
dan o‘z idrokini o'stirishga, uni mustahkamlashga alohida e’tibor 
berishi zarur, deb hisoblaydi2.
Avloniyning ta’kidlashicha, fikr tarbiyasi uzoq zamonlardan 
buyon buyuk mutafakkirlar e’tiborini o‘ziga tortib keldi. Fikr — 
insonning sharofatli va g'ayratli bo‘lishiga sabab bo'ladi. Fikr tar­
biyasi muallimlaming diqqat-e’tiboriga, vijdoniga yuklangan eng 
muhim vazifadir. Fikming quwati, ziynati, kengligi — muallim 
tarbiyasiga bog'liq. Xullas, Abdulla Avloniy inson fikrini o‘stirishni 
oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi.
Abdulla Avloniy insonparvar, demokratik jamiyat kishisida 
umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy qadriyatlar talablariga 
javob beradigan chinakam insoniy fazilatlar, xislatlar bo'lishini 
istaydi. Uning tushuntirishcha, insonning eng muhim axloqiy 
fazilatlari: sabr, qanoat, intizom, deb hisoblaydi. Xususan, 
intizomni inson hulqi-odobini tarbiyalovchi, uni mukammallash- 
tiruvchi manba deb biladi. Intizomga qattiq rioya qilishga chor- 
laydi. Agar yer yuzida intizom bo'lmasa edi, insonlar bir daqiqa 
yashay olmas edilar, deydi. Intizom — inson manfaatini hamma 
narsadan ustun qilib qo'ygan jamiyat taraqqiyoti uchun, ayniq­
sa, zarur ekanligini alohida ta ’kidlaydi. Bo‘lg‘usi insonparvar, 
demokratik jamiyat uchun zarur bo'lgan yangi tartib-intizom- 
lami tavsiya etadi. Jamiyatda o'rnatilgan tartib-intizomga rioya 
qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o‘zlari 
parishon bo'lishlarini eslatib o‘tadi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin