Kant insonning o'zini o‘zi bilish borasidagi faoliyatini qadrlaydi.
O'zini o‘zi bilish jarayonining inson faoliyati
doirasiga kiritilishi
Kantning falsafaga qo‘shgan eng muhim hissalaridan biri edi. U
birinchi marta bilish murakkab jarayon ekanligini tushuntirib, ush
bu jarayonning o‘ziga xos qonuniyatlari bor ekanligini isbotlab
berdi. Birinchi marta bilinishi zarur bo'lgan substansiyaning ifodasi
va
strukturasini emas, biluvchini, ya’ni bilishga intilayotgan sub-
yektning o'zini o‘zi bilishda hal qiluvchi omil ekanligini dalillab
berdi. Bunday holatni uning «Sof aqlni tanqid», «Prolegomenlar»,
«Muhokama qobiliyatini tanqid» asarlarida ko‘rish mumkin.
Inson o'zini o‘zi bilishda bilim
hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligini isbotladi. Kant inson bilimlarini ikki turga: tajribadan
hosil bo'lgan bilimlar (apasteriori); tajribagacha mavjud bo'lgan
yoki unga bog‘liq bo‘lmagan bilimlar (apriori)ga bo'ldi. Bilimlar-
ning ichki strukturasini chuqur tahlil qilib, bilimlar ikki:
empirik
va transendental darajalarda namoyon bo'ladi, deb tushuntirdi.
Empirik bilimlar inson individual xususiyatlariga bog‘liq bo'lsa,
transendental bilimlar insonning umumiy holatiga, uning kelib
chiqishiga, u yashayotgan muhitga bog'liq bo'ladi, deb hisoblaydi.
Kantning tushuntirishicha, nazariy
falsafaning asosiy vazifasi
— tabiat, jamiyat, insonni bilishdan iboratgina emas, balki
insonning olamni bilish borasidagi intellektual faoliyati qonun-
larini
aniqlash, o‘sha qonunlar chegarasini belgilab berishdan
iboratdir. U o‘z falsafasini transsendental falsafa, o‘zi yaratgan
metodni
esa tanqidiy metod, deb atadi. XVII asr ratsionaliz-
mining dogmatik metodidan Kant yaratgan tanqidiy analiz
metodining asosiy farqi shundaki,
bu metod, eng awalo, in*
son faoliyatini, uning turli qobiliyatlari, malakalarini o‘rganishga
qaratilganligidir.
Shunday qilib, buyuk nemis faylasufi Kant inson
faoliyatini o'rganishning metodologik asoslarini yaratdi.
Nemis klassik falsafasining yirik vakillaridan biri Fixte Ioga-
ni Gotlibning1 inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohaza’ari boshqalarni-
kidan keskin farq qiladi. Fixte falsafasining o ‘ziga
xos xususi-
Dostları ilə paylaş: