O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Корню О. К. Маркс и Ф. Энгельс. Жизнь и деятельность. Перевод с



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Корню О. К. Маркс и Ф. Энгельс. Жизнь и деятельность. Перевод с
немецкого. Том 2. М ., 1961, 113-bet.
2 М аркс К , Энгельс Ф. Сочинения. 2-е изд. Том 20, 491-bet.
3 М аркс К., Энгельс Ф. Сочинения. 2-е изд. Том 3, 1-bet.
344


fikr yordamida bajarilgan intellektual ish tushuniladi, balki 
moddiy va m a’naviy farovonlikni yaratish borasida ko‘rsatilgan 
sa’y-harakat yoxud atrofimizni o‘rab turgan tashqi olamni 
o ‘zgartirishga qaratilgan faoliyat, ya’ni tajriba tushuniladi. 
Xuddi shu tajribada inson o ‘zining haqiqiy basharasini 
ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, chinakamiga butun borlig‘i 
va o ‘z qudratini, o ‘z tafakkurining turli-tum an qirralarini 
namoyon qiladi.
Karl Marks o'zining «Kapital» (1867) asarida kishilar tur­
mush tarzini ijtimoiy ishlab chiqarish prizmasidan o‘tkazib chu­
qur tahlil qildi va inson — ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning 
asosiy mahsuli, degan xulosaga keldi. Bu xulosa inson to‘g‘risidagi 
falsafiy fikrlar taraqqiyotiga qo‘shilgan muhim hissa edi. Xuddi 
shu asarda «inson tabiati» haqidagi o ‘tmish faylasuflari olg‘a 
surgan g'oyalar yangi dalillar bilan boyitildi. «Inson tabiati» 
deganda K. Marks individning alohida jinsga xos tirik mavjudot 
ekanligini ifodalovchi biologik, psixologik va ijtimoiy xususiyat- 
larning yig‘indisini tushundi.
K.Marksning fikriga ko‘ra, «inson tabiati» bevosita tabiat bilan 
bog‘liq. Inson — bevosita tabiiy mavjudotdir. U tabiiy mavjudot 
sifatida, xususan, tirik mavjudot sifatida o‘zida yashash uchun 
zarur bo'lgan barcha tabiiy, hayotiy kuchlami birlashtirib turadi. 
O'sha kuchlar insonni faoliyat ko‘rsatuvchi tabiiy mavjudotga 
aylantiradi1. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy munosabat- 
lar inson borlig‘ini vujudga keltiruvchi asosiy o‘q tomirdir. Shu­
ning uchun K. Marks «Feyerbax to‘g‘risidagi tezislar»da insonning 
mohiyati ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iborat, degan edi. 
Shu asnoda «inson tabiati» va «inson mohiyati» orasiga chegara 
qo‘yildi.
«Inson tabiati» insoniy xususiyatlarning juda katta spektrini 
o'ziga qamrab oladi. Marksning tushuntirishicha, egallagan haj- 
mi, qamrab olgan xususiyatlari jihatidan «inson tabiati» tushun- 
chasi «inson mohiyati» tushunchasiga qaraganda kengroq, katta- 
roq tushunchadir. Inson mohiyati tushunchasi — inson degan 
tirik zotning eng asosiy, eng umumiy xususiyatlarini o‘zida mu- 
jassamlashtiradi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin