O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Фейербах JI. Избранные философские произведения. В двух томах. Том
1. М ., 1955, 190-bet.
337


Feyerbax odamlarning baxtli-saodatli bo‘lishlarini orzu qiladi. 
Uning e’tirof etishicha, odamlarning baxtli-saodatli bo‘lishi ijti­
moiy muhit bilan bog‘liq. Chunonchi, ijtimoiy muhit insonning 
baxt-saodatga erishishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi yoki 
to‘sqinlik qilishi mumkin. Odamlar baxtli-saodatli bo‘lishlari uchun, 
jamiyatning barcha sohalarida ijtimoiy adolat prinsiplari hukm- 
ronlik qilmog‘i darkor. Baxt-saodat, eng awalo, insonning mod- 
diy-ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishida namoyon bo‘ladi. In­
sonning baxt-saodatga erishishida uning irodasining mustahkamli- 
gi, prinsipialligi alohida e’tiborga molikdir. 0 ‘z navbatida, inson 
baxt-saodatga erishmog'i uchun boshqalar bilan birlashmog‘i lozim, 
degan g‘oyani ilgari suradi. Faylasufning ta’kidlashicha, odam- 
laming baxt-saodatga intilishi, u yaratgan axloq ilmining asosini 
tashkil etadi.
Feyerbax jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini, kishilar 
o‘rtasida tenglik, do‘st-u birodarlikni qaror toptirishning yagona 
yo‘li, yangi din — muhabbat dinini shakllantirishdir, deb biladi. 
Uning fikriga muvofiq, bunday din gumanistik axloq rolini 
bajarmog'i, fuqarolami bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli qilib 
tarbiyalamog‘i lozim. Bu dinga ko‘ra, «Inson insonga Xudo»ga 
aylanmog‘i kerak. Kishilar tabiatida mavjud bo‘lgan xudbinlik, 
hasad kabi g'ayrigumanistik illatlami bartaraf etmog‘i zarur.
Feyerbaxning fikriga ko‘ra, yangi dindagi muhabbat xudbin­
lik, hasadning o‘zi emas, balki kishilami undan ozod qiluvchi 
vositadir. Muhabbat — kishilami xudbinlikdan, hasaddan quti- 
lishga undovchi, ulami yaxshilikka, ezgulikka da’vat etuvchi buyuk 
quroldir. Aniqroq qilib aytganda, Feyerbax yaratgan bu qurol — 
yaratish, bunyod etish qurolidir. Shuning uchun ham muhabbat 
dini jamiyat hayotining muhim prinsipiga aylanmog‘i darkor. 
Faylasufning muhabbat haqidagi fikr-mulohazalari o‘zining sodda, 
oddiyligiga qaramasdan yangi gumanistik g'oyalami yaratish uchun 
asos yaratdi.
Feyerbaxning tushuntirishicha, antropologiya tufayli, inson 
dinning haqiqiy mazmunini bilib oladi. Uning fikriga muvofiq, 
inson tabiatida mavjud bo'lgan turli his-hayajonlar, kechinma- 
lar, iztiroblar, chunonchi, quvonch va tashvish, muhabbat va 
loqaydlik, qo'rquv va jasorat mavjudligi uchun yuzaga keladi. 
Bunday ruhiy kechinmalar bo'lmasa dinga ehtiyoj tug‘ilmas edi.
338


Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, klassik fal­
safa namoyandalari insonning inson darajasiga ko‘tarilishida aql 
asosiy rol o‘ynaydi, deb tushuntirdilar. Insondagi intellektual 
imkoniyatlarni qadrladilar. Lekin inson tarixiy taraqqiyotning 
mahsuli ekanligini e’tiborga olmadilar. Shunday bo‘lishiga qara- 
masdan, klassik falsafa namoyandalari inson falsafasi taraqqiyo- 
tiga munosib hissa qo'shdilar. Chunonchi, nemis klassik falsafa­
sining namoyandalari: birinchidan, dialektika ta’limotini har 
tomonlama rivojlantirdilar. Uni faqat «sof aqlni tanqid» qiluvchi 
vosita (Kant) emas, balki insonning eng nodir qobiliyati — 
bilishning yaxlit bir butun sistemasi, deb tushuntirdilar. Ik- 
kinchidan, dialektik fikrlash uslubini tarixiy taraqqiyot jarayo- 
niga tatbiq etib, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini yaratishga urinib 
ko‘rdilar. Uchinchidan, ijtimoiy taraqqiyot doimo harakatda 
bo‘lgan jarayon ekanligi, ertami-kechmi faylasuflar ijtimoiy 
taraqqiyot qonunlarini bilib olishlariga ishonch hosil qildilar. 
Gumanistik g‘oyalarni har tomonlama ulug‘ladilar. Insonni 
e’zozlash falsafaning vositasi emas (Kant), balki asosiy maqsa- 
didir, uning universal predmetidir (Feyerbax), degan xulosaga 
keldilar.
XIX asming ikkinchi yarmida Yevropada bir guruh fayla­
suflar klassik falsafa an’analarini qattiq tanqid qilgan bo‘lsalar, 
ikkinchi guruh faylasuflar uning asosiy qoidalarini himoya qila 
boshladilar. Boshqacha aytganimizda, Yevropa falsafiy tafakkuri- 
ning bir qutbida klassik falsafaning tanqidchilari, ikkinchi qut- 
bida uning himoyachilari to ‘plana boshladilar. Shuning uchun 
ham XX asr falsafasining eng muhim xususiyati — antiklassik 
va noklassik falsafa paydo bo‘lganligi bilan xarakterlanadi.
XIX asrning 40—50-yillarida neokantchilik, neogegelchilik, 
neotomizm, marksizm tarafdorlari klassik falsafa an’analarini 
himoya qila boshladilar. Xususan, neokantchilik falsafasi asosiy 
qoidalarini shakllantirishda Marburg va Baden maktabi namo­
yandalari fidoyilik qildilar. Marburg maktabining asoschilari: 
G .K ogen 
(1842—1918-y.), 
P .N ato rp
(1854 -1 9 2 4 -y .),
E.Kassirerlar (1874—1945-y.) Immanuil Kantning transenden- 
tal falsafasini rivojlantirishga harakat qildilar. Boshqacha aytga­
nimizda, bilishning transendental uslubini yaratishga, ilmiy bil­
ish jarayonini psixologizmdan xalos qilishga urindilar.
339


Marburg falsafa maktabi namoyandalari fikriga ko‘ra, inson 
ilmiy bilimlarining manbai bilinishi zarur boigan subyekt, ya’ni 
inson ongining strukturasi emas, balki fanning mantiqiy struk- 
turasidir. Ko‘rinib turibdiki, marburgliklaming ishontirishicha, 
bilish jarayoni ichki strukturasini o'rganishni bilish jarayonining 
o‘zidan emas, balki bu jarayondan tashqarida turgan boshqa 
aloqalardan boshlash zarur. Bunday holatda bilish jarayoni sof 
bilish mantig‘iga aylanib qoladi. Shuningdek, marburgliklar in­
son bilimlarini hosil qilish jarayonini aniq fanlarning mantiqiy 
asosiga tayanib o‘rganish lozim, deb tushuntiradilar. Mantiq inson 
bilimlarining haqiqatga muvofiqligini emas, balki to‘g‘riligini, 
vujudga kelish jarayonidagi umumiylik va zaruriylik qonuniyat- 
larini o ‘rganmog‘i lozim, degan fikr-mulohazalarni o'rtaga tash- 
laydilar.
Neokantchilik g‘oyalarini har tomonlama rivojlantirishda Baden 
falsafa maktabi namoyandalari: V.Vindelband (1848—1915-y.), 
G.Rikkert (1863—1936-y.) munosib ulush qo‘shdilar. 0 ‘zlarining 
butun sa’y-harakatlarini ilmiy bilish metodologiyasini yaratishga 
qaratdilar. Badenliklarning tushuntirishicha, tabiiy fanlar hodisa 
va voqealarning takrorlanib turadigan tomonlarini o‘rganmog‘i, 
bunda umumlashtirish, qonunlashtirish (rasmiylashtirish) uslub- 
lariga tayanmog‘i, madaniyat haqidagi fanlar esa individuallash- 
tirish, tasvirlash uslublaridan foydalanishi zarur.
Baden falsafa maktabi namoyandalari, olamdagi eng noyob 
mavjudot — insonni o‘rganishda, uning individual, o‘ziga xos 
xususiyatlarini umuminsoniy qadriyatlar chig‘irig‘idan o'tkazib 
tahlil qilish zarurligini alohida ta’kidlaydilar. Insonning inson bo‘lib 
shakllanish jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati 
beqiyos ekanligini ta’kidlash bilan birga, G.Rikkert aytganidek, 
qadriyatlami baholash bilan qo‘shib-qorib yuborib bo‘lmaydi. 
Chunki baholash — bu aniqlangan dalillar chig‘irig‘idan tashqariga 
chiqa olmaydigan, subyektiv munosabatlardir. Qadriyatlar esa 
subyektga bog‘liq bo‘lmagan reallikdir. Ulaming har qaysisi o‘zicha 
alohida harakat qiladi. Qadriyatlar aprior, transendental, umum 
ahamiyatga ega bo'ladi. G.Rekkert o‘rinli ta’kidlaganidek, qadri­
yatlar individuallikning ta’rifi emas, balki shaxs individual ongi 
orqali ijtimoiy aloqalami vujudga keltiruvchi, ijtimoiy ongning 
ideal shaklidir. Individual va ijtimoiy ong orasidagi o‘zaro aloqa-
340


dorlik tarix va madaniyat to‘g‘risidagi fanlarda o‘z ifodasini topadi 
hamda qadriyatlami individuallashtirishning muhim sharti, deb 
hisoblanadi.
Kant asos solgan nazariy va amaliy aql o'rtasidagi farqqa 
tayanib, neokantchilar falsafa bilan fan o‘rtasida chegara bor, 
deb o‘ylaydilar. Ularning fikriga muvofiq, fan nazariy fikr-mu- 
lohazalarga, hodisalar va voqealar to ‘g‘risidagi em pirik 
ma’lumotlarga asoslansa, falsafa turli normalami, qadriyatlami 
o‘rganishi zarur.
Shuning uchun falsafa — aksiologiya, ya’ni qadriyatlar 
to‘g‘risidagi ta’limot bo'lib, uning predmeti subyekt bilan qadriyat 
orasidagi aloqadorlikni o'rganishdan iborat bo‘lmog‘i lozim emish. 
Shunday qilib, neokantchilar inson o‘zligini anglash taraqqiyo- 
tida qadriyatlarning ma’lum ierarxiyasini aniqlab berishga intil- 
dilar. Falsafiy bilimlarning yangi tarmog‘i, qadriyatlar haqidagi 
fan — aksiologiyaga asos soldilar.
Noklassik falsafa taraqqiyotiga diniy falsafa ham o‘z ta’sirini 
o'tkazdi. Bunday holatni klassik falsafa an’analarini himoya qilib 
chiqqan falsafiy oqim lardan biri — neotom izm da yaqqol 
ko‘rishimiz mumkin.
Neotomizm — katolitsizmning tarmoqlaridan biri bo‘lib, XIX 
asming 70-yillarida Vatikanning qarorlari ta’sirida vujudga keldi. 
Uning asoschisi — Rim papasi Lev XIII dir. Neotomizm 
g'oyalarini jahonda targ‘ibot va tashviqot qilishda XX asming 
mashhur neotomistlari: J.M ariten (1882— 1973-y.), E.Jilson 
(1884— 1978-y.), G .M arsel (1889—1973-y.), P.Teyyar de 
Shardenlar (1881—1955-y.) jonbozlik qildilar.
Neotomizm o‘rta asr tomizmidan tubdan farq qiladi. Unda 
Foma Akvinskiy qarashlaridagi asosiy g'oyalar nemis klassik fal­
safasining asoschilari Kant, Shelling, Gegel qarashlari bilan 
birlashtiriladi. Ana shunday nuqtayi nazar bilan fikr-mulohaza 
yuritgan neotomistlaming tushuntirishicha, insoniyat bosib o‘tgan 
tarixiy taraqqiyot har bir kishining xatti-harakatiga bog'liq bo lib, 
oldindan transendental kuchlar tomonidan belgilab beriladi.
Nemis klassik falsafasi yutuqlariga suyangan neotomistlar 
din bilan fanni bog‘lamoqchi bo‘ladilar. Neotom istlam ing 
tushuntirishicha, din va fan hech qachon biri — ikkinchisiga 
zid kelmaydi, balki biri ikkinchisini to'ldiradi. Din ham, fan
341


ham aslida odamlarni yagona maqsadga yetaklovchi ikki yo‘ldir. 
Ular yagona maqsad deganda Xudo tom on borishni nazarda 
tutadilar.
Neotomistlar fikriga muvofiq, inson aqliy bilishining manbai 
tafakkurdir. Olamdagi barcha mavjudotlar yaratuvchisi Xudo 
bo‘lganidek, inson tafakkurini ham Xudo yaratgan. Shuning 
uchun inson aql-zakovatining asosiy maqsadi — Olloh marha- 
matini bilishga qaratilmog'i darkor. Lekin insonning bilish bo­
rasidagi faoliyatining chegarasi bor. Inson ilmiy bilish yorda­
mida faqat tabiatda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar sir-u 
sifatlarini bilib olishi mumkin, afsuski, dinda bo‘ladigan 
o‘zgarishlarning sababini bila olmaydi. Chunki diniy aqidalar 
inson aqli imkoniyatlaridan ustun turadi, inson aql-zakovati 
yordamida Xudo borlig'ini bilib bo‘lmaydi. Inson, yuqorida e’tirof 
etilganidek, faqat moddiy olamda sodir bo‘ladigan o'zgarishlarni 
bilish orqali Olloh qudrati va ifodasini biladi.
N em is klassik falsafasining ratsionalistik, gum anistik 
an’analariga suyangan neotomizm, XIX asming 70-yillarida olam 
bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik muammolarini Xudo 
borlig'i, uning karom atlari, olijanob fazilatlari, xislatlari 
chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil etgan bo'lsa, XX asrga kelib o‘zining 
hayotdagi mo'ljallarini (orientatsiyasini) tubdan o‘zgartirdi. 
Boshqacharoq aytganda, neotomizm ham diniy falsafaning boshqa 
yo'nalishlari kabi o‘zining hayotdagi orientatsiyasini qayta ko‘rib 
chiqdi. Taig'ibot va tashviqot markaziga inson va uning manfaat- 
larini himoya qilishni maqsad qilib qo'ydi. Butun kuchini odam­
larni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhid^ tarbi- 
yalashga, jahonda tinchlikni barqaror qilishga safarbar etdi.
Klassik falsafa an’analarini himoya qilishda neogegelchilar: 
R.Kroner (1884—1974-y.), G.Lasson (1862— 1932-y.), B.Kroche 
(1866—1952-y.), J.Jentile (1875-1944-y.), F.Bredli (1846-1924- 
y.), J.Roysa (1855—1916-y.), J.Val (1888-1974-y.), A.Kojev 
(1902—1968-y.). J.Ippolit (1907—1968-y.) «Gegel tomon orqaga 
qaytish» shiori ostida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib bordilar. 
Klassik falsafa qoidalarini tanqidiy o‘iganishda va uning gumanistik 
asoslarini har tomonlama rivojlantirishda nemis mutafakkirlari Karl 
Marks (1818—1883-y.) va Fridrix Engels (1820—1895-y.) fido- 
yilik qildilar.
342


Hozirgi zamon ilmiy-falsafiy adabiyotlarda Karl Marks va 
Fridrix Engelsning gumanistik qarashlari yuzasidan bir-biriga 
qarama-qarshi fikrlar bayon qilinmoqda. Xususan, ayrim tad- 
qiqotchilar Karl Marksning inson to ‘g‘risidagi ta ’limotini tan- 
qidiy tahlil qilsalar, ikkinchi guruh jamiyatshunoslar Karl 
Marks ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida inson muammosiga e’tibor 
bermagan, o ‘zining butun diqqat-e’tiborini kapitalistik ishlab 
chiqarish usulining mohiyatini ochib berishga qaratgan, de- 
yishmoqda. Uchinchilari esa Karl Marks falsafada inson muam- 
mosini hal qilishda baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shdi, de- 
moqdalar.
Fikr va mulohazalarning turli-tuman bo‘lishidan qat’i nazar 
Karl Marksning inson to ‘g‘risidagi qarashlariga xolisona baho 
berish, inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari qanday bo‘lsa shun- 
dayligicha, har qanday siyosiy bo‘yoqlarsiz kelajak avlodlarga 
yetkazish, bugunning talablariga javob bermaydigan qoidalarini 
tanqid qilish va ijobiy tomonlarini saqlab qolish, undan tan- 
qidiy foydalanish insonshunoslikning dolzarb vazifalaridan 
biridir.
Alohida ta ’kidlash zarurki, K.Marks falsafiy ta ’limotining 
ayrim tanqidchilari uning qarashlarini soxtalashtirayotirlar. 
Marks qarashlaridagi gumanistik fikr-mulohazalar mohiyatini, 
undagi fuqarolami har qanday zulmdan, zo‘ravonlikdan ozod 
qilishga, insonni har tomonlama erkin rivojlanishi uchun zarur 
bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ijtimoiy 
yo‘nalishni tushunib yetmayotirlar yoki tushunishni istama- 
yotirlar.
Inson to ‘g‘risidagi markscha konsepsiya ham jahon ijtimoiy 
taraqqiyotining rivojlanish darajasidan kelib chiqdi. Chunon- 
chi, ijtimoiy munosabatlardagi keskin o‘zgarishlar insonning 
axloqiy degrodatsiyaga giriftor b o iish i, uning ongi va faoli­
yatida begonalashuvning vujudga kelishi sabablarini har to ­
monlama tahlil 

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin