F.Nitsshe «Bevaqt qoralamalar», «Insonga xos, haddan
tashqari insonga xos», «Quvnoq bilim», «Achchiq hikmat»,
«Zardusht tavallosi», «Yaxshilik va yomonlikning narigi tarafl-
da», «Ollohning kelib chiqishi», «Sanamlarning shomi», «Da-
jjol» kabi falsafiy-adabiy asarlarida inson to ‘g‘risidagi Yevropaga
xos yangi fikr-mulohazalarni bayon etdi1.
F.Nitsshening fikriga ko‘ra, odam
bolasida maxluq va xoliq
bir butun bo‘lib uyushadi. U maxluq deganda odamdagi hay-
voniy, xoliq deganda odamdagi insoniy qiliqlarni tushunadi,
ya’ni F.Nitsshening falsafiy qarashlarida odamni maxluqlikdan
xoliqlik darajasiga ko‘tarish markaziy o ‘rinni egallaydi.
Fridrix Nitsshe inson chinakam
barkamollik darajasiga
ko‘tarilmog‘i uchun, awalo, maxluqlarga xos qiliqlardan xoli
bo‘lmog‘i darkor. Inson maxluqlarga xos qiliqlardan, xatti-harakat-
lardan xoli bo‘lgandagina xoliqlik, ya’ni barkamollik darajasiga
ko‘tariIadi.
Chinakam barkamol insonga, odamlaming sarvariga
aylanadi, deb tushuntiradi. U xoliq, ya’ni barkamol inson
to‘g‘risidagi qarashlarini isbotlashda Qadimgi Sharq falsafasiga,
aniqroq
qilib aytganda, o‘rta va yaqin Sharqda eramizdan awalgi
VII—VI asrlarda keng tarqalgan zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga
tayanadi.
Zardusht qarashlaridan ilhomlangan nemis allomasi, inson
chinakam inson, ya’ni xoliq darajasiga ko‘tarilmog‘i
uchun hami-
sha yaxshi orzular, istaklar, umidlar bilan yashamog‘i darkor.
Orzular, umidlar bizning eng yaxshi bolalarimiz bo‘lmog‘i ke-
rak, deydi2 F.Nitsshe. Uning ta ’kidlashicha, inson xoliq dara
jasiga ko‘tarilmog‘i uchun, eng awalo, o‘z
nafsini tiya bilishi
lozim.
Nitsshening ta’kidlashicha, xoliq darajasidagi barkamol kishi
haqiqatparvar bo‘lmog‘i zarur. Haqiqatni esa inson o‘z qalbidan
izlamog‘i lozim. Zardusht an’analariga asoslangan mutafakkir,
inson haqiqatga erishmog‘i
uchun ikkiyuzlamachilik, laganbar-
dorlik, kalondimog‘lik, gerdayish, xudbinlik kabi barcha illatlar-
ni
yanchib tashlashi, yaxshi, imonli odamlaming hurmatini
joyiga qo'yishi, fidokor, bunyodkor kishilarni e’zozlashi lozim3.
Dostları ilə paylaş: