Kyerkegoming fikriga ko'ra, inson o‘zining
mavjudligini hayoti
uchun og'ir bo‘lgan lahzalarda yaqqolroq sezadi. 0 ‘sha og‘ir
damlarda inson o‘zligi bilan uchrashadi. Uchrashuv paytida ya
shash, ishlash tarzini tanlash zaruriyati tug'iladi. Hayotning
og‘ir damlarida oqilona yo‘l topish uchun tanlash vaziyatining
sodir bo‘lish jarayonini har tomonlama tahlil qilish zarur,
degan xulosaga keladi. Daniyalik allomaning e’tirof
etishicha,
hayotda tanlash, insonni turli iztiroblardan, vahimalardan ozod
qilmoq uchun uning ruhiyati uch muhim: nafosat,
axloqiy va
xudojo'ylik bosqichlarini bosib o‘tmog‘i zarur.
Kyerkegorning tushuntirishicha, inson ruhiy kamolotining na
fosat bosqichida uning ichki dunyosiga hissiyotlar hukmronlik
qiladi. Hayotdan ko‘proq zavq-shavq, lazzat olishga intiladi. Biroq
inson qanchalik his-tuyg‘u ta’siriga berilsa, shunchalik o‘z hayo-
tidan qoniqmaslik kasaUga giriftor bo'ladi. Xuddi o'sha norozilik
tuyg‘usi insonni axloqiy bosqich tomon boshlaydi.
Endilikda
inson turmush tarzida mas’uliyat, burch, insof, diyonat kabi
tuyg‘ular ustuvorlik qila boshlaydi. Bu bosqichda inson hissiyot
lar ta’siridan voz kechib, o'zining ongi va faoliyatini axloqiy
qoidalarga bo‘ysundiradi. Ezgulik bilan yovuzlik, yaxshilik bilan
yomonlikning farqini tushunib oladi. To‘g‘rilik, yaxshilik yo'lini
tanlagan shaxs darajasiga ko'tariladi.
Kyerkegoming ta’kidlashicha, inson ruhiy kamolotining uch-
inchi — xudojo‘ylik
bosqichida, o‘zining e’tiqodi bilan bevosita
muloqotda bo'ladi. Muloqot natijasida, har qanday umumaxlo-
qiy qoidalar talablaridan yuqori ko'tariladi.
Kyerkegoming ta’kidlashicha, inson shaxs darajasiga ko‘tarilmog‘i
uchun unga erkinlik zarur. Erkinlikka erishgan inson chekadimi
yoki chekmaydimi, piyoda yuradimi yoki velosepedda yuradimi,
bunday turmush tarzining shakllarini o‘zi tanlaydi.
Shuning uchun
erkinlikni tanlashning mutlaq imkoniyati, deb biladi.
Shunday qilib, Kyerkegor odamlardan har qanday sharoitda
ham oqilona yo‘l topishga — tanlashga mas’uliyat bilan qarashga
da’vat etadi. Uning e’tirof etishicha tanlash har doim tasodifan,
to'satdan yuzaga keladi. Hech qanday sabab va oqibatlar bilan
bog‘lanmaydi. Mabodo, tanlash allaqanday sabab tufayli amalga
oshirilgan bo‘lsa, bunday tanlash erkinlik
doirasidan tashqarida
sodir bo'ladi. Bunday tanlash mas’uliyatini inson o‘z zimmasiga
ololmaydi.
349
XIX
asrning oxiri va XX asr boshlarida antiklassik falsafa
namoyandalari ijtimoiy-tarixiy praktikani o‘rganishga alohida
e’tibor bera boshladilar. «Xudo aqli» — «Absolyut g‘oya»ni,
boshqacha aytganimizda, klassik falsafa olg‘a surgan ratsionalizm
tamoyillarini tanqid eta boshladilar1.
Xususan, mashhur nemis faylasufi Artur Shopengauer (1788—
1860-y.) klassik falsafa namoyandalari har tomonlama ulug‘lagan
inson aqli o'miga inson irodasini qo‘ydi. Uning fikriga muvofiq,
iroda — bu insonning hohish-istaklarining
shakllanishi uchun turt-
ki bo‘lgan motivlar yig‘indisidir. 0 ‘sha motivlar insonning xatti-
harakatiga ichki stimul beradi, uni har tomonlama qo‘llab-quwat-
laydi. Inson xatti-harakatiga stimul berib turadigan motivlarning
o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular doimo o‘zgarib,
takomillashib turadi. Shuningdek, inson irodasini shakllantirgan
motivlar uning aqliy faoliyatining yo‘nalishlarini
ham belgilab
beradi. Aqliy faoliyatning mustaqillik darajasini belgilashda ham
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Shopengauerning ta’kidlashicha, klassik falsafa namoyandalari
ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, «qudratli aql» bilan irodani muro-
saga olib keladigan kuchlar ham mavjud bo‘ladi. 0 ‘sha kuchlar:
1. Irodani aql nazorati doirasidan «chetga olib chiqadi». Uni
«mutlaq erkin xohishga» aylantiradi. 2. Inson irodasining hali
foydalanilmagan ilohiy imkoniyatlarga uyqash ekanligini asoslab
beradi.
Shopengauerning e’tirof etishicha, iroda — bu «mutlaqlik
belgisi»dir. Chunki iroda real voqelikdan ajralgan, o‘ziga xos bir
dunyodir. Uning hech qanday chegarasi yo‘q, makon va zamonda
cheklanmagan. Shuning uchun ham, iroda makon va zamondan
tashqarida turadi, shakli-shamoyili ham yo‘q. U doimo rivojlanib
turadigan jarayon, lekin ushbu jarayonni inson bilishga qodir. O'z
navbatida, insonning bilish borasidagi
qobiliyati irodaga xizmat
qiladi.
Shopengauerning tushuntirishicha, inson irodasi turli dara-
jalarda namoyon bo‘ladi. Inson irodasining holati, darajasini
mashhur nemis faylasufi Aflotunning g‘oyalariga o‘xshatadi.
G ‘oyalar hodisa va voqealardan o‘zgarmasligi bilan keskin farq
qiladi. Makon va zamondan tashqarida mavjud bo‘ladi. Shuning
Dostları ilə paylaş: