O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Сумерки богов. (Ницше Ф ., Фрейд 3., Камю А., Сартр Ж .П .) М ., 1989



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Сумерки богов. (Ницше Ф ., Фрейд 3., Камю А., Сартр Ж .П .) М ., 1989.
2 Ницше Ф. Так говорил Заратустра. Сочинения. В двух томах. Том 2. М .,
1990, 234-bet.
3 Nitsshe F. Zardusht tavallosi. Tafakkur, 1991, № 1, 98-99-betlar.
352


Nitsshening fikriga ko‘ra, barkamol inson o ‘z orzulari, umid- 
lari qobig‘iga o‘ralib qolmasligi zarur. Uning e’tirof etishicha, 
afsuski, hozirgi zamon kishilarining ma’lum qismi o‘z man- 
faatlari qobig'iga o'ralashib qoldilar. Inson chinakam barkamol 
bo‘lmog‘i uchun xudbinlikdan o‘zini poklashi lozim. Uning o‘zi 
axloqiy durdonaga aylanishi, vijdoni butun xatti-harakatini, xulq- 
atvorini nazorat qilmog‘i darkor. Chunki vijdon inson xatti- 
harakati, xulq-atvorini nazorat qiluvchi «eng oliy hakam, Xudo 
ovozidir».
Nitsshening e’tirof etishicha, inson xoliqlik ya’ni barkamollik 
darajasiga yetmog‘i uchun, unda mustahkam iroda bo‘lmog‘i zarur. 
Inson bisotida irodani mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlar 
mavjud. Ana shunday imkoniyatlardan biri — vijdondir. Inson 
o‘zining kundalik amaliy faoliyatida vijdon amriga quloq solsa, 
vijdon amri bilan ishlasa, yashasa, shubhasiz, uning irodasi 
baquwat bo'ladi. Harqanday g‘ayriinsoniy illatlardan tezroq pok- 
lanadi.
Nitsshening fikriga muvofiq, insonning irodasi 
uning bolalik
davri bilan bog‘liq. Bolalik davri, uning tushuntirishicha uch 
asosiy: tuya, sher va go'daklik bosqichlarini bosib o‘tar emish. 
Birinchi bosqichda, bamisoli tuyalardek hayotning turli tash- 
vishlariga bardoshli bo'lish, sabr-qanoat, chidamlilik, kattalarga 
bo‘ysunish kabi malakalami o‘zida mujassamlashtirsa, ikkinchi, 
ya’ni sher bosqichida, xuddi sherlarga o‘xshab erkin harakat 
qilishni o'rganar emish. Uchinchi bosqich, birinchi va ikkinchi 
bosqichning mahsuli — go‘daklik bosqichi bo‘lib, bu bosqichda 
go‘dak xayolini ilohiy orzular, istaklar qamrab olarmish. Lekin 
go‘dak orzulari, xohish-istaklari hayotning haqiqiy real tash- 
vishlari va quvonchlari asosida shakllanmas emish. Bunday holat 
go‘dak tasawurida hayot to‘g‘risida xira pardalaming hosil bo'lishiga 
sabab bo‘larmish.
Inson irodasini har tomonlama mustahkamlash, xohish-is- 
tak larin i boshqarish to ‘g‘risida fikr yuritgan F .N itsshe 
Ch.Darvinning odam maymundan paydo bo‘lgan, degan g‘oyasini 
tanqid qiladi. Lekin odam bilan maymun orasidagi o ‘xshashlik
— bu, taqlid qilishdir. Odamlardagi taqlid, bunyodkorlik, ijod- 
korlikka asoslanganligi bilan maymundan tubdan farq qiladi. 
Maymun taqlidida esa, bunyodkorlik ham, ijodkorlik ham yo‘q. 
Shuning uchun ham insonda bunyodkorlik, ijodkorlik xususi-
353


yatlari zaiflashib qolsa, u asta-sekin axloqan tubanlasha bosh- 
laydi. F.Nitsshe ijodkorlik, bunyodkorlikning zaiflashishi oqiba- 
tida zamondoshlarining axloqan tubanlashib borayotgaxiidan tash- 
vishga tushadi. Axloqan tubanlashib borayotgan ming-minglab 
kishilar 
ichkilikbozlik, 
giyohvandlik 
kasaliga 
m ubtalo 
bo'layotganidan aziyat chekadi. Bunday illatlar insonda hay- 
voniy xatti-harakatlami rivojlantirishi mumkin ekanligidan kishi- 
lami ogohlantiradi.
Shunday qilib, Seren Kyerkegor, Artur Shopengauer, Frid- 
rix Nitsshe qarashlari XX asr ekzistensializm falsafasining vu- 
judga kelishida nazariy asos vazifasini bajardi.
Inson borlig‘ini to‘la o‘rganmoq uchun ekzistensializm falsafa­
sining yirik namoyandalaridan bin Edmund Gusserl (1859—1938- 
y.), eng .awalo, inson ongi strukturasi, uning turli xususiyatlari, 
xossalarini, ya’ni ong fenomenini har tomonlama o‘iganmoq zarur, 
degan g'oyani olg'a suradi. Gusserl asos solgan ushbu metodga 
asosan «sof ong» fenomenini individning awalgi tajribasiga 
bog‘lamasdan o'iganmoq darkor. U ongni individ o‘tmish tajri­
basiga asoslanmasdan tadqiq etish jarayonini reduksiya, deb ataydi. 
Bunday fenomenologik reduksiya Gusserl yaratgan metodning 
markaziy qoidasidir.
Uning tayanch nuqtasi vazifasini bajarayotgan immanent xu- 
susiyatlar faqat ongga taalluqli bo'lib, tashqi olamdagi voqealar va 
hodisalarga, ya’ni obyektga hech qanday aloqador bo'lmaydi. Ong­
ni bunday talqin qilish Gusserl fenomenologiyasining asosini tashkil 
etadi.
Fenomenologiyadagi markaziy tushuncha — ongning inten- 
sionallashuvidir. Boshqacha aytganimizda, Gusserl fikriga ko‘ra, 
inson ongining eng muhim xususiyati intensionallashishdir. Chunki 
inson ongi shunday bir o'ziga xos oynaki, unda butun olam 
o‘z aksini topadi. Shunday bolishiga qaramasdan, o'sha oyna- 
dagi aksga ba’zi noaniqliklar ham kirib qolishi mumkin. Boshqacha 
aytganimizda, inson ongi olamning haqiqiy manzarasini aniq 
aks ettirmasligi ham mumkin. Ongda olamning haqiqiy manza- 
rasi to‘la, aniq va tiniq aks etmasligiga sabab — insondagi his- 
hayajonlar, tuyg£ularning turli-tumanligidir.
Nemis faylasufi Gesserl yaratgan fenomenologik metod an- 
tiklassik falsafaga, xususan, XX asr ekzistensializmiga ham katta 
ta ’sir o‘tkazdi.
354


Antiklassik falsafa, xususan, ekzistensializm an’analarini yangi 
bosqichga ko‘tarishda rus faylasufl N.A.Berdyaevning (1874—1948- 
y.) xizmatlari salmoqli edi. Uning fikriga muvofiq, inson indi- 
vid va shaxsning birligidan iborat murakkab uyushmadir. Individ
— naturalistik-biologik mavjudot bo'lib, tabiiy-ijtimoiy zaruriyat 
prinsiplariga bo'ysunadi. Shaxs esa, «ijodiy energiya markazi» 
bo'lib, ma’naviy-axloqiy hodisadir. Uning mohiyatini erkinlik va 
ijodkorlik tashkil etadi. Shaxs — «bu tanlov», ya’ni qadriyat- 
laming tanlovidir. Shaxs, inson hamisha axloqan erkin ekan- 
ligini tasdiqlaydi.
Berdyaevning e’tirof etishicha, inson tabiatda markaziy o'rinni 
egallaydi. Xuddi shu holat odamlaming ma’naviyatiga o‘z ta’sirini 
o'tkazadi. Chunki inson olamning bir bo'lagi bo‘lib, o'ziga xos 
mikrokosm va mikroteosdir. Inson olamdagi boshqa tirik mavjudot- 
lardan tubdan farq qilib, uning qalbida butun dunyo va jamiyat 
tarixi yashaydi. Modomiki shunday ekan, uni kamsitish mumkin 
emas. «Inson Xudo oldida hech kim emas, uning bir quroli 
xolos», degan g'oya uni kamsitishdir. Chunki insonning o‘zi 
mustaqil mavjudot, uning ijodkorlik qobiliyati, faqat Xudo to- 
monidan ato etilgan mo'jiza emas, balki erkinlikning ham 
mahsulidir. Erkinlik yaxshilikning ham, yomonlikning ham, ijod- 
ning ham manbaidir. Shuning uchun Xudo erkinlikni yo'qotish 
tarafdori emas, balki u odamlami ezgulikni, yaxshilikni yara- 
tish, ijod qilishga da’vat etadi. Lekin yaxshilikni ham, yomon- 
likni ham odamlaming o'zlari tanlaydilar. Unutmaslik zarurki, 
inson hech qachon erishgan yutuqlaridan qoniqmaydi. Aksincha, 
u uzluksiz yuqoriroqqa chiqishga intiladi, hayotning «eng baland 
nuqtasi» tomon intilish: ma’naviy mustaqillik, yaxshilik, muhab- 
bat, haqiqat, to‘g‘rilik, go‘zallik kabi qadriyatlarda namoyon bo'ladi. 
Shu ma’noda shaxs tayyor mahsulot emas, u — istiqbol, inson 
idealidir. Shaxs o'zini o‘zi yaratadi.
N.A.Berdyaevning fikriga muvofiq, har bir shaxs ma’naviy 
qadriyatlarni yaratishga qodir bo'lgan ekzistensial markazdir. 
Qadriyatlar esa turg£un, o'zgarmas uyushma emas. Ular yakka 
kishi, ya’ni individ tomonidan yaratiladi. Tez-tez o'zgarib tura- 
di. Berdyaev individ, millat, davlat va jamiyatdan jinsni ustun 
qo‘yuvchi qoidalar bilan hech qachon murosa qila olmas edi. 
«Inson shaxsi yakka-yu yagona, betakror, mustaqil, eng oliy
355


qadriyatdir»1, deb yozgan edi. Lekin inson bisotida egoistik kay- 
fiyatlar borligini ham unutmaslik darkor ekanligini qayta-qayta 
takrorlar edi.
N. A. Berdyaev falsafasi diqqat markazida turgan muammo- 
lardan yana biri — shaxs va borliq munosabatlaridir. Uning 
ta’kidlashicha, inson borliqning ikki yirik shakli — tabiat va 
jamiyat bilan bevosita bog'liq. Davlat, hokimiyat, ijtimoiy nor- 
malar, turli jamoalar inson hayotida «ruhning hukmronligini 
ta ’minlaydi». Natijada, odamlar inson hayoti uchun zarur 
bo‘lgan turli vazifalar: texnika, iqtisodiyot va hokazolarni, 
hayotning ma’nosi, deb qaray boshlaydilar. Odamlar hayotning 
ma’nosi haqida o‘ylashni unutib qo‘yadilar. Ijtimoiy taraqqiyot 
tarixi insonning quroliga aylanib qoladi. Natijada, ijtimoiy taraq­
qiyot «inson erkinligiga zug‘um o'tkaza boshlaydi». Shaxs bilan 
jamiyat orasiga bartaraf etilishi juda qiyin bo‘lgan ziddiyatlar 
vujudga keladi. Shaxs jamiyatning zug'umlariga qarshilik ko‘rsata 
boshlaydi.
N. A. Berdyaev falsafasining asosiy mavzularidan yana biri 
hozirgi zamon sivilizatsiyasi tufayli vujudga kelgan dahshat, fo- 
jialardan insoniyatni eson-omon saqlab qolishdir. Uning fikriga 
ko‘ra, ushbu muammoni bartaraf etmoq uchun, inson yana 
Xudoga qaytmog'i darkor. Xudo bilan insonning biigalikda olib 
borgan sa’y-harakatlari tufayli turli vahimalar bartaraf etiladi. 
Ushbu jarayonda hal qiluvchi rolni inson ijodkorligi o‘ynamog‘i 
zarur. Chunki chinakam ijodkorlik yangilikni vujudga keltirishi 
muqarrar. Lekin har qanday ijodkorlik uchun material zarur. 
Materialsiz hech qanday ijodkorlik sodir bo‘lmaydi. Ana shun­
day material vazifasini erkinlik bajaradi. O'sha erkinlik tufayli 
yangilik vujudga keladi. O'z navbatida, erkinlik ruh uchun ham 
material vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham, N.A. Berdy­
aev «shaxs — bu ijodiy jarayon», «faollik, qarshilik ko‘rsatish, 
dunyo tashvishlari ustidan qilingan g'alaba, erkinlikning olamdagi 
qullik ustidan g‘alabasidir», «insonning qullikka qarshi isyonidir»2, 
degan edi.
Buyuk rus faylasufi N.A.Berdyaevning tushuntirishicha, inson-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin