O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Alber Kamyuning «Sizif haqida afsona» (1942-y.), «Chet kishi» (1942-y.), «Borliq



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Alber Kamyuning «Sizif haqida afsona» (1942-y.), «Chet kishi» (1942-y.), «Borliq
va yo'qlik» (1943-y.). «Isyonchi» (1951-y.) kabi asarlari nazarda tutilayotir (A.Ch.).
2 Bunday fikr-mulohazalar Jan Pol Sartming «Xayol» (1936-y.), «Xayol qilinuvchi
narsa» (1940-y.), «Borliq va hech nima» (1943-y.). «Ekzistensializm — bu gumanizm»
(1946-y.) asarlarida bayon etilgan.
358


Hayotining keyingi yillarida jahonda tinchlik o'matish, urush 
xavfini tugatish, turli millat, turli maslakda bo‘lgan xalqlar 
o‘rtasida do'stona munosabatlarni o‘rnatish uchun kurashdi, 
xalqparvarlik g‘oyalarini tinmay targ'ib qildi. Insonning «mavjud- 
ligi» tor, biqiq doiradagi, faqat o‘z rftanfaati uchun bo‘lgan 
«mavjudlik»dir, deb tushuntirdi. Insonning «mavjudligi» jamiyat, 
insoniyat «mavjudligi» bilan bevosita bog‘liq ekanligini isbotlab 
berdi.
Jan Pol Sartming keyingi yillarda yaratgan dramatik asarla- 
rida inson individual mavjudligidagi turli ziddiyatlar, qarama- 
qarshiliklar ochib berildi.
Fransuz ekzistensializmining yirik namoyandalaridan biri, 
mashhur publitsist Alber Kamyu (1913—1960-y.) ijodida asosiy 
mavzularidan biri bema’nilikning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh 
etishdir. Bunday olijanoblikni uning «Sizif haqida afsona» asarida 
yaqqol ko'rish mumkin.
Alber Kamyuning e’tirof etishicha, bema’nilik inson ongi va 
faoliyatini qadim-qadimdan qamrab olgan g'ayriinsoniy illatdir. 
Uning qahramoni Sizif ana shunday g'ayriinsoniy illatga giriftor 
bo'lgan kishi. Bunday g‘ayriinsoniy kasalga mubtalo bo‘lgan Siz- 
ifning uzluksiz baland toqqa tosh yumalatib chiqishi, tosh yana 
pastga. yumalab tushganda uni qayta-qayta toqqa olib chiqishga 
urinishi — bema’nilikdan boshqa narsa emas. Alber Kamyu fa- 
shizm balosini ana shunday bema’nilik (absurd), deb biladi. 
O'zining bema’nihk haqidagi fikr-mulohazalarini «Vabo» roman- 
ida ham davom ettirib, ikkinchi jahon urushi yillarida odamlar- 
ning o‘lim qurollari yasash uchun qilgan harakatlarini Sizifning 
umr bo‘yi tosh yumalatib azob tortganiga o‘xshatadi. Ana o‘sha 
bema’nilik tufayli millionlab odamlar o lib ketganligiga e’tiborni 
qaratadi. «Vabo» romanining qahramonlari bunday jirkanch illatga 
qarshi kurashadilar. Ana shu kurash chinakamiga gumanistik ma’no 
kashf etadi.
Alber Kamyu odamlaming ma’lum qismi faoliyatiga o‘mashib 
olgan bema’nilikka qarshi kurashishga, uning g£ayriinsoniy mo­
hiyatini fosh etishga da’vat etadi. «Agar absurd (bema’nilik — 
A.Ch.) tuyg'usi bevosita harakat tuyg'usiga aylantirilsa, unda bu 
tuyg‘u qotillikka ham befarq qaraydi, uni joyiz qilib qo‘yadi. 
Agar hech narsaga ishonch qolmasa, agar hamma narsa ma’nosiz 
bo‘lsa-yu, hech narsaning qadr-qimmati bo'lmasa, unda hamma
359


narsa mumkin — yovuzlik ham, yaxshilik ham joiz va ahamiyat- 
siz bo‘lib qoladi»1. Ana shu holatga tushmaslik uchun A.Kamyu 
insoniy haqiqatga suyanadi. Uning «Nemis do'stimga maktublar» 
asarida insonga ishonch g‘oyasi ilgari suriladi. Bu dunyoning 
m a’nosini faqat insondan izlash lozim, bu dunyoda hech 
bo‘lmasa bitta haqiqat bor — bu inson haqiqatidir. Shuning 
uchun, awalo, insonni har qanday bema’niliklardan qutqarish 
kerak, deydi u2. Kamyuning ushbu fikrlaridan insonda mehr va 
uni turli azoblardan, xususan, bema’nilikdan qutqarishga qara- 
tilgan olijanob maqsad yotganligini darhol ilg‘ab olish mumkin.
XX asming 50-yillarida ekzistensializm Angliya, Amerika, Ita- 
Uya, Yaponiya ziyolilari orasida keng tarqala boshladi. Ekzistensia­
listik falsafa klassiklarining asarlari zudlik bilan ingliz tiliga taijima 
qilindi. Ingliz tilida S.Kyerkegor, N .Berdyaev, K.Yaspers, 
M.Xaydegger asarlari chop etildi. Ayniqsa, fransuz ekzistensia- 
lizmining asoschilaridan Jan Pol Sartr asarlari Angliya va Ameri­
ka Qo'shma Shtatlari ziyolilarida katta qiziqish uyg'otdi. Amerikalik 
professor Fransua X. Lopoynt ta’kidlaganidek, Sartr Amerikada 
ekzistensializmning eng yirik targ‘ibotchisi, deb tan olindi.
Amerika Qo'shma Shtatlarida va Angliyada ekzistensializm 
g‘oyalarini targ‘ibot va tashviqot qilishda U.Lauri, D. Uald, 
U .Berret, K.Reyngardt, R.Xarper, U .Kaufm an, K.Uilson, 
A.Merdok va boshqalar fidoyilik qildilar.
XX asming oltmishinchi — yetmishinchi yillariga kelib, ekzis­
tensialistik g‘oyalar sobiq Ittifoq hududida faoliyat ko‘rsatgan ba’zi 
olimlar, yozuvchilar, shoirlar ijodiga ham o‘z ta’sirini o'tkazdi. 
Bunday kayfiyatni mashhur fizik olim, Nobel mukofotining lau- 
reati, tinchlik, adolat g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi Andrey 
Saxarov, faylasuf olim Aleksandr Zinovyev, mashhur rus ijodko- 
rlari Aleksandr Tvardovskiy, Yevgeniy Yevtushenko, jahonga mash­
hur qirg‘iz yozuvchisi, yirik davlat va jamoat arbobi Chingiz 
Aytmatov, o‘zbek ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, 
0 ‘lmas Umarbekov, Nurali Qobil, Tohir Malik, qoraqalpoq 
yozuvchisi Tolibbergan Kaipbergenov, Sharof Boshbekov asarlari- 
dan payqab olish mumkin.
Ekzistensialistik falsafada olg‘a surilgan inson to‘g‘risidagi pro- 
gressiv g‘oyaIar endilikda jahonning bir qator mamlakatlari ijti-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin