mohiyat va hodisa (voqea), sabab va oqibat, miqdor va sifat,
imkoniyat
va voqelik, tasodif va zaruriyat, erkinlik ko‘rinishlarida
namoyon bo'ladi. Ushbu kategoriyalar sof aqlning turli bos-
qichlarini ifodalaydi.
Gegelning fikriga ko‘ra, inson — dunyoviy ruhning begona-
lashuvidan boshqa narsa emas. Xuddi shunday pozitsiyadan turib
inson inson bo'lib shakllanish jarayonini tahlil qildi.
Insonning
inson bo‘lib shakllanishida axloq hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘ladi. Uning tushuntirishicha, axloqiy normalar, prinsiplar
insoniy munosabatlaming turli-tuman
shakllaridan tashkil topa-
di va dunyoviy aql xohish-irodasiga mos bo‘ladi. Kishilar xulq-
atvorini ifodalovchi turli axloqiy normalar, prinsiplar ular amaliy
faoliyati tufayli emas, balki dunyoviy
ruh rivojlanishining lah-
zasi (momenti) sifatida vujudga keladi.
Gegel inson faoliyatining shakllari, individual va ijtimoiy ong,
o‘zini o ‘zi anglash, shaxs erkinligi haqida bir qator chuqur
dialektik qoidalami bayon qildi. Uning asarlarida insonning inson
darajasiga ko‘tarilishida
mehnatning roli, kishilar turmushida mehnat
qurollarining ahamiyati haqida bir talay fikr-mulohazalar bayon
etilgan. Lekin Gegel insonning shakllanish jarayoni davrlarini
ruhning rivojlanishi prizmasidan o'tkazib tahlil qildi. Chunki xuddi
o‘sha ruh «ruh
haqidagi esdaliklarni, uning o‘z o‘zidan qanday
mavjud bo‘lib tuiganligi va qanday qilib ular o‘zlarining hukm-
ronliklarini tashkil qilib turganliklarini»1 ifodalovchi yo‘lni bosib
o'tishi lozim.
Gegelning mehnat to ‘g‘risidagi qarashlari absolut ruh faoli-
yatiga, begonalashuv haqidagi mulohazalari
esa anglash bilan
o‘z o'zini anglash orasidagi qarama-qarshilikka borib taqaladi.
Xulosa qilib aytganda, Gegel falsafasida inson muammosi — o‘z
o‘zini anglash fenomenologiyasi muammosidir. Uning uchun
insoniylikning mohiyati o‘zini o‘zi anglash bilan bab-barobardir.
Inson bilan jamiyat, individ bilan davlat orasidagi o ‘zaro
aloqadorlik masalalari haqida fikr yuritgan Gegel — tarixda shaxs
ning roli haqidagi subyektiv qarashlami tanqid qildi. Uning
fikricha, buyuk shaxslar — tarixiy zaruriyatni
boshqalarga qara-
ganda to‘la va chuqur tushunuvchi kishilardir. Lekin tarixiy zaru-
Dostları ilə paylaş: