chiziqlitartibda emas, spiralsimon tarzda
o‘qitiladi. Ya’ni mavzular tak
roriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda
soddadan murakkabga tomon yo‘naltirilgan tarzda kiritiladi.
O‘quvchilarning tabiat to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish,
tafakkurini rivojlantirishda tabiat qonunlarini asoslab berishda biologiya, tabiiyot va
geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv fanlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik
organizmlarning rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning
ko‘rsatadigan ta'sirlari haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va
iqtisodiy fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi
6
.
O‘quvchining
ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi tabiiy fanga
qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni
qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va ijtimoiy muhitga ta'sirini tahlil qilishda muhim
o‘rin egallaydi.
Shu bi
lan birgalikda ixtisoslashtirilgan ta’lim yo‘nalishida ham yoshlarning
iste’dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning ilm
-fanni egallashga
bo‘lgan intilishlarini qo‘llab
-quvvatlash hamda ularni barkamol, jismonan va ruhan
sog‘lom shaxs si
fatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida fanlardagi
mavzularni kengaytirib o‘qitish maqsadga muvofiq.
STEAM ta’limi asosida tabiiy va iqtisodiy fanlar yo‘nalishida o‘quvchilarning
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini
ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish,
tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash,
yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan
5