“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 29 inson tanasining tuzilishi, chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarning inson
organizmiga ta’siri, gulli o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar, O‘zbekistondagi
yirik qo‘riqxonalar kabi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Biologiya fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarning mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z
-
o‘zini
anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni
shakllantirish hamda zarur bo‘lgan bilim ko‘nikma, malakalarni egallashi, ulardan
kundalik hayotlarida foydalanishga va o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi,
kelib chiqishi, ko‘payishi, xilmaxilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va
inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni shakllantirish, bu borada fikr-mulohaza
yuritishga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini
shakllantirishdan iborat.
Biologiya fan ini o‘qitishning vazifalari: asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish,
nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirish;
tirik organizmlarni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy
qadr
iyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari
uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi
jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va
bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga
o‘rgatish;
o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom
turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;
biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtim
oiy hayot va fan-texnika yutuqlari
bilan bog‘lanishini tahminlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga
yo‘naltirish;
tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh
avlod ongiga singdirish;
biologik bilim
lar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya
yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning
biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bi
ologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish
kompetensiyalarini shakllantirishni talab qilmoqda.
STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o‘quvchilarga ta’lim
-tarbiya
berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondash
uvni
kuchaytirishga qaratilgan. Shu sababdan, biologiya fani geografiya, kimyo, fizika
fanlari bilan integratsiya qilgan holda o‘qitiladi. Biologiya fanini o‘qitishda o‘simliklar
va ularning ahamiyati, hayvonlarning tuzilishi, odam organizmining boshqarilishi va
funksiyalari, odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi, hujayralar shakli va