Amaliy mashg‘ulot tarkibiga mashg‘ulotning bajarish tartibi va uni o‘tkazish
uchun zarur jihozlar nomi keltiriladi. O‘quvchi berilgan topshiriq bo‘yicha tajriba
o‘tkazadi va olingan natijalariga ko‘ra xulosa yozadi. Amaliy mashg‘ulot namoyishli
tajrib
a xarakteriga ega bo‘lib, unga alohida dars soati ajratiladi.
Laboratoriya ishi o‘tilgan o‘quv materiali asosida tavsiya etilayotgan ishning
maqsadi,uni bajarish tartibi va o‘tkazish uchun zarur jihozlar to‘plamini o‘z ichiga
oladi. O‘quvchi laboratoriya ishida o‘lchov ishlarini bajaradi, natijalari asosida
jadvalni to‘ldiradi, hisoblaydi hamda xatoliklarni aniqlaydi va xulosa yozadi.
O‘quv -loyiha ishi ni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi loyiha ishi bo‘yicha
topshiriqlar tizimini ishlab chiqadi. O‘quv
-loyi
ha ishlari mavzu o‘tilishidan oldin
(muddat topshiriq turidan kelib chiqib, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi)
o‘quvchilarga topshiriq sifatida beriladi. Sinfdagi o‘quvchilar yakka yoki guruhlarga
bo‘linib, mavzu bo‘yicha belgilangan vaqt davomida mustaqil
ravishda turli manbalar
(darslik, Internet)dan axborotlar yig‘adi, loyiha qurilmasini shakllantiradi va o‘quv
-
tadqiqot ishini o‘tkazadilar. Loyiha ishida ta’lim oluvchilar ishni rejalashtirish, uni
bajarish, xulosa chiqarish, ish natijasi yuzasidan taqdimo
t o‘tkazadilar. Loyiha ishi
o‘quvchilarda izlanuvchanlik va ijodkorlik faoliyatining shakllanishiga xizmat qiladi.
Amaliy topshiriq tarkibi mashg‘ulot mavzusiga oid jihozlar ro‘yxati, mashg‘ulot
mavzusiga oid matn, rasm, grafik yoki jadval orqali ifodalana
di. O‘quvchi berilgan
“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027