Foydalanilgan adabiyotlar ro
’
yxati:
1.
Anukam, I.L, Okunamiri P.O. va Ogbonna R.N.O (2008). Ta'lim boshqaruvi,
Owerri Chinashop nashriyoti.
2. Lipham va Xoeh (1990:25), Prinsipallik va funktsiyalar. Nyu-York: Harper va
Row Publishers.
3. Ostin, G. va Reynolds, D. (1990). Yaxshilangan maktab samaradorligini
boshqarish: Xalqaro so'rov. Maktab tashkiloti. 10(2), 167-178.
4. Evans, R. (1996). Maktablar o'zgaradi. San-Fransisko: Jossey-Bass
5. https://www.gazeta.uz/oz/2022/04/05/director/
“
PEDAGOGS
”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-27, Issue-1, February - 2023
54
GEOMETRIK MAZMUNDAGI AMALIY HARAKTERDAGI
MASALALARNI YECHISHNI O‘RGATISH METODIKASI
Hayitova Nigora Normamatovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
2-kurs magistranti
Anotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida
geometrik mazmundagi amaliy harakterdagi masalalarni
yechishni o‘rgatish usullari
haqida tushuntirishlar berilgan.
Kalit so’zlar:
amaliy harakterdagi masalalar, geometrik mazmunli topshiriqlar,
yechish bosqichlari.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilar fi
krlashlarini rivojlantirish
va o‘stirishda ta’lim tizimida muhim ishlar amalga tadbiq qilinmoqda. Bunda aynan
yangi o‘quv dastur va darsliklarda berilgan turli yangicha tarzdagi geometrik
materiallarga oid masala va topshiriqlarni so‘zimizning isboti sifat
ida keltirib
o‘tishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi o‘quv
dastirida geometrik bilimlarni matematika
ta’limi tizimiga yanada kengroq kiritish, maktab o‘quvchilarini geometr
iyaning tizimli
kursini o‘zlashtirishga tayyorlash zarurati umumiy e’tirof etilgan.
Bosh
lang‘ich sinflarda geometrik material matematika kursining ajralmas qismi
hisoblanadi. O‘quvchilar
mavz
uni o‘rganish jarayonida:
-
geometrik tasvirlar va tushunchalar zaxirasini to‘playdi;
-ayrim miqdorlar (uzunlik, perimetr, maydon) bilan tanishish; asboblar bilan
ishlash ko‘nikmalarini egallash (chizg‘ich, sirkul, transportyor);
-
geometrik terminologiyani boshlang‘ich tushunchalarini o‘rganish.
Boshlang‘ich sinflarda geometrik material asosan bilimlar bilan tanishish
darajasida o‘rganiladi. Bu yerda hech qanday qoida va ta’riflar yodga olinmaydi,
o‘quvchilar geometrik shakllarni amaliy farqlaydilar, solishtiradilar, qog‘ozda
tasvirlaydilar va hokazo.
Geometriyani o‘rganishda, bolalar real hayotning haqiqiy obyektlarining
modullari bilan tanishishadi:
-ularning barcha xususiyatlari orasida ular faqat kosmosdagi obyektlarning
o‘lchamini, shaklini, holatini hisobga oladi;
-
har qanday obyektning mavhum modellarini o‘rganish.
Geometrik mazmundagi amaliy harakterdagi masalalarni bajarishda ham
o`quvchilar yuqorida aytilgan bilim va malakalarni egallaydilar. Shu o`rinda biz
geometrik mazmundagi amaliy harakterdagi masalalar deganda qanday masalalarni
tushunishimizni hamda ularni yechish usullarini ko‘rsatib o‘tamiz.
|