“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 84 Mamlakatimiz hududida yashaydigan etnik ozchilikning huqularini himoya
qilish O’zbekiston Konstitutsiyasida ham belgilab qo’yilgan. Bosh qomusimizning 8
-
moddasiga ko’ra, O’zbekiston xalqinimillatidan qat’iy nazar, O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. 4-
moddada esa, O’zbekiston respublikasi o’z
hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-
odat va an’analari
hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb
belgilab qo’yilgan.
Ushbu o’rinda ko’p millatlilik jamiyatning taraqqiy etishida ijobiy ta’sir etuvchi
omilga aylanishi xususida to’xtalib o’tish o’rinli. Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek,
ichki siyosiy axvolning bar-qarorligi, milliy xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
dinamikas
i ko’p millatli davlatda yashayotgan boshqa millatlar vakillarining siyosiy
xayrixohligiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Jahon tajribasidan millatlar yoki etnik guruxlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarda an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik
omili davlatlarning siyosiy-
iqtisodiy rivojlanishiga rag’batlantiruvchi ta’sir etishini
ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik guruxlar va
irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. Shunga qaramay, ko’p elatlil
ik omili
ularning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yo’lidagi to’g’anoqqa aylanib qolmagan.
Aksincha, taraqqiyotning jadallashuviga yordam bergan. Bu mamlakatlarda ko’p
elatlilik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtirish va ijtimoiy
-iqtisodiy
taraqqiyotn
ing, fuqarolik jamiyati qurishning ta’sirchan vositasiga aylanib qolgan. Bu
konseptual fikrlar o’z vaqtida “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida alohida ta’kidlangan va unda
slom Ka
rimov etnik, millatlararo ziddiyatlarni xavfsizlikka tahdid tug’diruvchi omil
ekanini ko’rsatib o’tgan edi.
Boshqaruvda har bir millat manfaatlarini birdek ifodalash va xududlarda
mahalliy aholining qonuniy talab va ehtiyojlarini bajarmaganligi uchun mansabdor
shaxslarning javobgarligi masalasiga ham to’xtalib o’tish o’rinlidir. Bu bevosita
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” –
da ham ko’rsatib o’tilgan va mahalliy
hokimiyat
organlari rahbarlari faoliyati uchun dahldor muhim huquqiy o’zgarish
bo’lishi bilan ham ahamiyatlidir. Xususan, unda “O’zbekiston Respublikasi
jamoatchilik nazorati to’g’risida “gi qonunda jamoatchilik nazorati predmeti,uni
amalga oshirishning huquqiy mehanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada amaldagi
qonun xujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartlarini
belgilab qo’yish zarurligi ta’kidlangan edi. Kelgusida ushbu qonun mahalliy hokimiyat
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini yuritishda va mahalliy
boshqaruvdagi rahbarlarning qonunlar ijrosini ta’minlashdagi ma’suliyatini yanada
oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek, konsepsiya asosida ishlab