Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
83
boshqaruvni shunday yo’lga qo’yishi lozimki, tegishli tuman yoki shahardagi etnik 
ozchilikni tashkil etuvchi mahalliy aholining turli ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining 
qon
dirilishida milliy ko’pchilikka nisbatan farqlar vujudga kelmasligi lozim. Bunda 
etnik ozchilikning huquqlari, talablari va mahalliy darajadagi sotsial ehtiyojlarining 
qondirilishida qonuniy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqqan holda 
yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Bu hududlarda millatlararo ziddiyatlarning 
vujudga kelishi va fuqaroviy hamjihatlik buzilishining oldini oladi. 
Jamiyatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlashda “uchinchi sektor” deb nom 
olgan fuqarolik jamiyati institu
tlarining ham o’rni va roli katta ekanini inkor etmagan 
holda, bu borada mahalliy hokimiyat organlarining o’rniga alohida urg’u berish lozim. 
Chunki hududlardagi fuqarolik jamiyati institutlari qaysidir millatga mansub 
fuqaroning huquqlari, ijtimoiy, moddi
y va ma’naviy ehtiyojlari bilan bog’liq talablarni 
ilgari surganlari holda, bu talablarning ijrosi, asosan mahalliy hokimiyat organlariga 
bog’liqligicha qoladi. Bu jarayonda milliy ozchilikka kiruvchi fuqaroning talab va 
ehtiyojlari qonun ustuvorligi va milliy tenglik tamoyillari asosida hal etilishi lozim 
bo’ladi. Shundagina hududdagi milliy ozchilikka kiruvchi fuqaro o’z huquqlari, 
ijtimoiy-
moddiy talablarining ijrosi va unga bo’lgan e’tibor bo’yicha etnik 
ko’pchiliikni tashkil etuvchi millatlarga nisbat
an farqlar mavjudligidan aziyat 
chekmaydi. Bunda fuqaro mazkur sohadagi talablari bilan mahalliy darajadan viloyat 
yoki respublika darajasiga e’tiroz bilan chiqmaydi. Chunki uning ehtiyojlari va 
talablari mahalliy darajadayoq o’z yechimini topadi va natija
da millatlararo totuvlik 
tamoyilining bajarilishi mahalliy boshqaruvning o’zida hal etiladi.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash 
uchun boshqaruvda quyidagilarga amal qilishlari lozim bo’ladi:
- milliy ozchilikni tashkil etuvchi aholining yashash sharoiti va boshqa sotsial 
ta’minoti bo’yicha hududda yashovchi ko’p millatli axoliga nisbatan katta farqlar 
vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslik;

mahalliy hududdagi turli tashkilotla, mahallalar va ta’lim muassasa
laridagi 
ishchilar, xizmatchilar va o’qituvchilar o’rtasida etnik farqlarni vujudga keltiruvchi 
harakat sabablari va manbalarini vaqtida aniqlash va tegishli choralarni ko’rish 
(fuqarolik institutlari va huquq-
targ’ibot organlari bilan hamkorlikda);
- mahalliy hududdagi milliy ozchilikka mansub xususiy mulk egalari va 
tadbirkorlar manfaatlari hamda talablariga tenglik asosida munosabatda bo’lish;

mahalliy hududdagi har bir millatning o’z urf
-
odatlari, an’analari, milliy 
bayramlarini nishonlash uchun sharoitlar yaratib berish (milliy xavfsizlik va milliy 
manfaatlarga zid bo’lmagan taqdirda);

millatlararo totuvlikni ta’minlashda mahalliy hududdagi nodavlat notijorat 
tashkilotlari hamkorligidan samarali foydalanish. 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin