“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 79 saroy a’yonlariga yoqmasada,bunday xarbiy maxorat Boyqaro Mirzoga juda ma’qul
keladi va Navoiyga xurmati yanada oshadi.Aslida, Navoiyning qal’aga kunduzi emas,
tunda xujum qilish rejasida xarbiy maqsaddan tashqari adolat va gumanizm xissi
ko’proq bo’lib, bunda odamlar bexudaga qirilib ketmasligi xisobga olingan edi.
Nizomiddin-
musulmon Sharqida shari’at, ijtimoiy
-siyosiy xayot, davlat
xokimyatida yuksak o’ringa ega bo’lgan shaxslarga beriladigan unvon bo’lib,
Navoiyga u Xirot diniy va siyosiy elitasi tomonidan berilgan edi.Davlat, shariat,
siyosiy xayotda mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan bajargan siyosat va shariat yo’lida
yirik islohotlar qilgan shaxslarga ,,Nizom ul-mulk
”, ,,Nizom ul
-
milla”, ,,Nizom ud
-
davla’’, ,,Nizom ud
-
din’’, kabi yuksak darajalar berilgan.Shuni ham ta’kidlash kerakki,
Islom dunyosida va mumtoz adabiyotda ko’p o’rinlarda bir diniy e’tiqod vakillariga
nisbatan ,,millat’’tushunchasi qo’llanilgan.
Navoiy shakllangan ijtimoiy muxitda Sharq va G’arb siyosiy ta’limotlar
tizimida deyarli bir xillik bo’lib, davlatni yakka xukmdor tomonidan boshqarish
nazariyasi va uning xarizmatik qiyofasi ta’riflangan.Navoiy ijodida xam shu umumiy
xususiyatlar bo’lgani
xolda, podshoni ideal darajada ifodalash ustuvorlik kasb
etadi.Boshqacha aytganda, Navoiy jamiyat yakka shaxs tomonidan boshqarilishi kerak,
lekin hukmdor, raxnamo o’ta yuksak fazilatlarga ega bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi.U
saltanat faqat an’anaviy, s
ulolaviy boshqaruv shakliga asoslanmasdan, ilm-
ma’rifatli,
adolatli, jasoratli va jur’atli, har bir manfaatdor tomon istaklarini, oddiy fuqarodan
tortib oliy amaldorlargacha-
hammani teng ko’radigan ideal shaxsgina davlat boshlig’i
bo’lishi zarurligini o’z asarlarining asosiy g’oyasi qilib oladi.Masalan, ,,Lison ut
-
tayr”
dostonining XIV faslida qushlar orasida ihtilof chiqishi haqidagi xikoyatida shunday
deyiladi: ,,…Oxir
-
oqibat, ular shunday bir shoxga muxtoj bo’ladilarki, u shox insofli
va diyonatli, yaxsh
i tartib o’rnata oladigan va adolatli bo’lsin.Toki uning davlati
soyasida pastdan a’loga (yani eng past tabaqadan oliy tabaqagacha) shikast yetmasin,
yuqori tabaqadagilar esa o’rta tabaqalar oldida xor bo’lmasin.Xar bir qush guruhi
o’ziga aziz bo’lgani holda, hamma bir tamizli, aqlli va dono shox bo’lishini istadi”.
Asar majoziy tilde yozilgan bo’lib, asosan odamlar o’rtasida xam turli
ixtiloflar bo’ladi va ular o’rtasida yuksak siyosiy munosabatlarni yo’lga qo’ya oladigan
davlat va uning hukmdori,
ya’ni adolatli, dono podsho zarurati uqtiriladi.
Navoiy Xusayn Boyqaroning yaqin do’sti bo’lish bilan birgalikda, dono
maslahatchisi,
mushkul
vaziyatlarda
madadkori
ham
edi.
Bu
yaqinlik
,,Munshaot’’asarida yanada yorqinroq ko’zga tashlanadi. ,,Munshaot’’ shoirning
sulton Xusayn Boyqaro va boshqa yaqin kishilari bilan yozishmalari, maktublari
to’plamidir. ,,Munshaot’’ dagi ko’pgina maktublarda Xusayn Boyqaro davlat ishlari
bilan bog’liq masalalarda shox bilan maslahatlashuv tarzida tavsiya, ruxsat o
lish, biror
o’zgarish qilishda izn yoki maslahat so’rash, salomatligi yuzasidan g’amxo’rlik qilish
holatlari aks etgan.Jumladan, mutaffakkir qo’shin saqlash, elchilar, shahzodalarning