“
PEDAGOGS
”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-27, Issue-1, February - 2023
78
ALISHER NAVOIYNING VATAN VA DAVLAT XIZMATCHISI
SIFATIDAGI SIYOSIY QARASHLARI
Malikov Behzod Qurolovich
TDTrU talabasi Abduvaliy
ev Shohruh Dilshod òĝli
Alisher Navoiyning siyosiy qarashlari haqida fikr yuritganda, uning aynan siyosiy
faoliyati davomida erishgan maqomlari, unvonlari haqida ham to’xtalib o’tish
zarur.Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida
yirik siyosiy
arboblarga amir unvoni
berilgan bo’lib, amirlar, avvalo,davlat siyosatini belgilovchi va o’zgartirish darajasiga
ega eng yirik shaxslar hisoblangan. Shuningdek, yirik qo’shin
boshliqlari
-
lashkarboshilar, ma’muriy xudud boshliqlari yoki markaziy saltanat b
oshqaruv
tizimida bevosita xon, sulton, xullas, xukmdorga yaqin
kishilarga ham amir unvoni
(statusi, maqomi) berilgan. Alisher Navoiyning xam amir unvoniga ega bo’lishi
bejizga emas, chunki u Husayn Boyqaro saltanatining asosiy g’oyaviy
-
ma’naviy
tayanchi edi.Bundan tashqari,Navoiyning ajdodlari temuriylari saroyida faoliyat
yuritgan aslzodalardan bo’lgan. Manbalar
shundan guvohlik beradiki, Alisher
Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning o’gli Umarshayx bilan emikdosh
bo’lib, Boyqaro mirzo hukmdorlik davrida Qandaxorda amir bo’lgan.Demak,Alisher
Navoiyning ota-bobolari temuriylar xokimyatini mustahkamlashga yordam
bergan.Ulardan ba’zilarining xurmat va ishonchini qozonganlar.Shuning
uchun
temuriylar sulolasi vakillari,xususan,bo’lajak xukmdor
-Xusayn
Boyqaroning ota-
onalari G’iyosiddin Kichkina oilasidagi bolalarga ham e’tibor bilan qaraganlar.Ya’ni
u siyosiy xayot muhitiga faqat Xusayn Boyqaro bilan maktabdoshligi yuzasidan
tasodifan kirib kelgan emas.
Sulton Xusayn Boyqaro Xuroson taxtini egallagach,
shoirning qarshiligiga
qaramasdan, uni oldiniga muxrdor (1469 yil) lavozimiga, keyinchalik 1472-yilda amir
(vazir) qilib tayinlaydi va Amiri kabir, ya’ni Ulug’ amir unvonini beradi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Alisher Navoiy 26 yoshida dorug’
a unvoniga ega
bo’lgan.Dorug’a
-
xozirgi generallik unvoniga tenglashtirilgan xarbiy unvon bo’lib,
ayrim xududlarda shaxar gornizoni boshlig’i darajasidagi unvon hisoblangan.Alisher
Navoiy kuchli siyosiy arbob,usta diplomat bo’lish bilan birgalikda ayrim hol
larda
harbiy sarkarda sifatida ham o’zini namoyon eta olganligi zamondoshlari tomonidan
ishonchli tarzda e’tirof qilingan.Navoiyning xarbiy san’at bobidagi maxoratini Sulton
Xusayn Boyqaroning ko’pgina xarbiy yurishlarida bevosita
qatnashganligi bilan
izoh
lash mumkin.Xususan, Yodgor Muxammad bilan Xusayn Boyqaro o’rtasidagi
qarama-
qarshilik tufayli yuz bergan to’qnashuvda Navoiy: ,,Vaqtning tig’iz pallasida
munajjimlar bashoratiga quloq tutib, ishni paysalga solish imkoniyatini boy berishdir”,
deya tezlik b
ilan qal’aga xujumga o’tishni tavsiya etadi. Uning bu taklifi ko’pchilik