“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 74 Tadqiqotimiz davomida olingan natijalar tahlili yoshlarning faol siyosiy
pozitsiyasi, davlatimiz tomonidan yangilanish davrida muhim siyosiy vazifalarni hal
qilishda o’zlarining kuchini saf
arbar qilishini anglab yetishi, nafaqat mamlakatimizda,
balki xorijda sodir bo’layotgan siyosiy harkatlarni kata qiziqish va diqqat bilan kuzatib
borishlari, jahon siyosiy yetakchilarining faoliyatiga holisona baho bildirishlari kabi
ijobiy natijalar sezil
arli darajada ko’zga tashlanmoqda.
So’rovnoma savollari bo’yicha bayon etilgan javoblarda ham yoshlarimizning
saylov jarayonlarida ishtirok etishlariga tegishli bo’lgan ishtiyoq (motivlar) o’z
ifodasini topgan. “Nima uchun saylovlarda ishtirok etasiz ?”,
deb qo’yilgan savollarga
yoshlarning aksariyati ─ “ Men o’z mamlakatim fuqarosiman va saylovlarda ishtirok
etishim shart !”; “Siyosiy jarayonlarga qiziqaman va unga ta’sir etishni xohlayman”…
deb javob berib, o’zining fuqaroviy pozitsiyasi, mustaqil tanlovlarini aniq ko’rsatishga
harakat qilganlar. Shuni ta’kidlash lozimki, yoshlarning 54.28 foizi “men o’z
mamlakatim fuqarosiman”, 25.52 foizi, “Siyosatga ta’sir etishni xohlayman”, 10.2 foiz
“ Siyosiy vaziyatlarga qiziqaman” degan fikrni bildiradi. “Saylov
larda ishtirok etish
shunchaki kerak” javobi 9 foiz va “boshqa fikrlar” –
1 foizni tashkil etadi.
Aksariyat yoshlarning javoblarida ifodalangan vatanparvarlik tuyg’ulari ularning
kelajakka bo’lgan ishonchi, intilish va ezgu niyatlari bilan izohlanadi , al
batta.
Bugungi yoshlarning davlat siyosati bilan bog’liq bo’lgan masalalardagi qiziqish va
harakatlari aks etgan fikrlari eng sog’lom, aniq va ravon javoblar hisoblanadi. Biroq
davlatimizda sodir bo’layotgan jarayonlarga nisbatan ayrim yoshlarning shaxsiy
siyosiy pozitsiyasi ba’zan befarqlik, pessimistic qarashlarga tayanib qolmoqda. Ular
“Saylovlarda ishtirokim nima uchun va birinvhi navbatta, kimga kerak ?” degan
savolimizni javobsiz qoldirishdi. Bir tomondan, aksariyat yoshlarimiz amalga
oshirilayotgan s
aylovlar jarayonlariga jo’sh urib qiziqish bildirsa, ikkinchi tomondagi
e’tiborsizlik, “chetdan turib tomoshabin bo’lish” holatlari ularning fikru
-hayollarini
chalg’itishga olib kelyapti. Respublikamiz miqyosida siyosiy jarayonlarga unchalik
qiziqish bildi
rmagan bunday yoshlarning soni 9 foizni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich
unchalik yuqori bo’lmasa
-da, alohida fikr va mulohazalar yuritishga undaydi.
Siyosiy jarayonlarga befarqlik hodisasi bizning nazarimizda, ikki sabab tufayli
yuzaga keladi:birinchidan, ay
rim yoshlarning mamlakatimizda ro’y berayotgan
voqealarga nisbatan loqaydligi, jamiyat hayotida ishtirok etishni istamasligi;
ikkinchidan, saylovlarga borishni foydasiz deb bilgani. Chunki aksariyat javoblarda-
“
Ovoz berasanmi-bermaysanmi, davlat senga ni
mani taklif etsa, shuni qabul qilasan”
deb bildirilgan fikrlarning tarqalganligidir. Har ikkla toifadagilar yoshlar orasida
uchrab turuvchi siyosiy savodxonligi past darajadagi, o’z fikriga ega bo’lmagan
kishilardir.
Yoshlar siyosiy madaniyatining ularni
har tomonlama axborot bilan ta’minlash
chora tadbirlari muhim ahamiyatga ega .Ya’ni yosh fuqarolarni o’z huquq va