Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
73
YOSHLARNING SIYOSIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHNING
O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
 
TDTrU o’qituvchisi 
Malikov Behzodjon Qurolovich  
TDTrU talabasi 
Egamberdiyev Maxmudjon Maxammadi òģli
 
 
Har qanday jamiyat istiqboli, eng avvalo, mazkur jamiyatda yashaydigan yoshlar 
siyosiy madaniyatining qay darajada shakillanganligi va ularning ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar
dagi ishtiroki bilan belgilanadi. O’zbekistonda aholining ushbu qatlami 
salmoqli qismga ega bo’lib, ularning bor ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, 
tashabbuskorligi va faolligini qo’llab quvatlash, shijoati va g’ayratini aniq ezgu 
maqsadlar sari yo’
naltirib borish davlatimiz uchun strategik ahamiyatga molik 
vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kun yoshlari axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan 
davrda yashamoqda. Faqatgina OAV orqali balandparvoz siyosiy chiqishlar qilib, 
yoshlarning qalbidan joy olish mushkul ish. Shuning uchun zamon bilan hamnafas 
bo’lib o’sib kelayotgan hozirgi yoshlarning ongiga yangi, teran fikrlarni singdirish 
bilan birgalikda, ularda shakillanib borayotgan mustaqil, tanlash huquqiga ega bo’lgan
erkin pozitsiy
a, sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga nisbatan tanqidiy qarashlarini 
ham inobatga olish zarur. Shunisi e’tiborliki, bugungi kunda yoshlarimizning ijtimoiy 
ongi, hayotga munosabati, siyosiy yetukligi, yurtimizda va dunyoda yuz berayotgan 
voqea-hodisalarg
a nisbatan daxldorlik hissi, fuqarolik mas’uliyati oshib bormoqda. 
Jamiyatimizning ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy
-madaniy 
yuksalib borayotganligi yoshlarning dunyo qarashi, motivatsion-ehtiyojiy doiras, 
shaxsiy qobilyatlari va ichki imkoni
yatlarining ro’yobga chiqishiga, ta’sir 
ko’rsatmoqda. 
Yoshlarining siyosiy faolligi, jumladan, mamlakat siyosiy hayotida muhim o’rin 
tutadigan saylovlardagi ishtiroki bilan bog’liq. Tadqiqotimiz natijalari shuni 
ko’rsatmoqdaki, 18 dan 24 yoshgacha bo’lganlar orasida jamiyatda ro’y berayotgan 
o’zgarishlarga anchayin optimistik ruhda qaraydigan, nomzodlarning saylovoldi 
kampaniyasida maqsadli reklamalarning ta’siriga osonlikcha tushadigan, hissiyotlarga 
beriluvchan, atrofdagi insonlar(ota-
onasi, do’slari, ku
rsdoshlari)ning fikriga tayanib 
nomzodlarga ovoz beradigan yoshlarni ko’proq uchratish mumkin. 25
-30 yoshdagilar 
esa ma’lum bir hayotiy tajribaga ega bo’lganligi tufayli, o’zlarining shaxsiy nuqtai 
nazariga, hayotiy kuzatishlariga asoslanib, o’z tanlovlar
ini amalga oshiradilar. Bu 
yoshdagi guruh vakillarida “ aql bilan” ish tutish va tanlash huquqidan samarali 
foydalanish hissi ustivor yo’nalish hisoblanadi. Saylov jarayonining natijalari, 
hokimiyat taqdiri, mamlakatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar kelgus
i hayoti bilan 
chambarchas bog’liqligini ular yaxshi tushunadilar.



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin