Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
69
XALQARO TRANSPORT YO’LLARINING TARIXIY ISTIQBOLLARI
 
Farxodov Odilbek Oybek o’g’li
 
TDTrU talabasi 
Hayitov Davron Elmurod ogli 
TDTrU talabasi 
 
Davlatlararo transport aloqalarini rivojlantirish azaldan xalqlarni birlashtirish
madaniyatni o'zaro boyitish vositasi bo'lib kelgan. 
O'zbekiston azaldan yuklar va yo'lovchilar tranziti uchun eng qulay bo'lgan hudud 
hisoblanadi. Buni "Buyuk ipak yo'li"ning mamlakatimiz hududidan o'tishi va uning 
tarixiga nazar tashlash orqali ko'rishimiz mumkin. 
Ibtidoiy jamoa tuzumining so'nggi davrlaridan boshlab, kishilar tirikchilik 
o'tkazish va o'zaro hamkorlik qilish maqsadida amalga oshirgan buyuk ko'chishlari 
natijasida turli yo'llar paydo bo'lgan. Yo'llarning paydo bo'lishiga qabilalar, xalqlar va 
davlatlarning o'zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlik qilish ehtiyojlari asosiy 
sabab bo'lgan Masalan mil.avv. l ming yillik boshlarida O'rta va Yaqin Sharqda 
Badaxshin la'liga ehtiyojning kujayishi " lazurit yo'li " ni paydo qilgan bo'lsa, mil.avv. 
Vl - lV asrlarda Eron ahamoniylari davlatini boshqarish ehtiyoji " Shox yo'li " ni 
vujudga keltirgan. Badaxshon la'li Mesopotamiya va Misr podsholari saroylarini, 
ibodatxonalarini bezashda, ayollarga turli taqinchoqlar yasashda qo'llanilgan. 
Ming yillar davomida Sharq (Xitoy)ni G'arb (Vizantiya) bilan bog'langan yo'ldan 
asosan ipak tashilgan bo'lsada bu yo'l tarix ilmida ko'proq "G'arbiy meridional 
<> deb atalib kelgan. Faqat XX asrning 70- yillarida nemis olimi K.Rixtgofen 
tomonidan fanga " Ipak yo'li " atamasi kiritilgan. 
Xitoyda ipakchilik keng tarqalgan joy Xuanxe daryosining quyi oqimida 
joylashgan Shandun viloyatidir. Sian shahri (Shensi viloyati) "Ipak yo'li"ning 
bishlanish nuqtasi hisoblandi. Yunon tarixchilarining fikricha, Xitoy ipagini mil.avv. 
V asrdayoq Qora dengiz bo'ylari va Yaqin Sharq mamlakatlari xalqlari yaxshi 
bilishgan. Ipak bizning mamlakatimiz hududlarida (Sopollitepa yodgorliklari) 
mill.avv. ll ming yillik o'rtalaridayoq ma'lum bo'lgan. 
"Ipak yo'li" Siandan boshlab, Manchjou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda 
ikkiga ajralib, janubiy-g'arbiy tarmog'i Taklamakon sahrosi orqali - Xutanga, undan 
Yorkent va Pomir tog'lari orqali - Vaxonga, undan Baqtriyaning asosiy shahri Zariasp 
(Balx)ga kelgan. Balxdan yana uch tarmoqqa ajralib, g'arbiy tarmog'i - Hindistinga, 
shimoliy tarmog'i - Termiz orqali Darband, Nautak va Samarqandga kelgan. 
"Ipak yo'li"ning shimoliy - g'arbiy tarmog'i Dunxuandan Balx, Turfan orqali 
Tarim vohasiga - Qoshg'arga borgan. U yerdan Toshqo'rg'on orqali O'zgan, O'sh, 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin