Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
70
Axsikent, Popga, undan Asht dashti orqali Xo'jand, Jizzax va Samarqandga yetib 
borgan. Ipak yo'li Samarqanddan g'arbga - Dobusiya, Malik cho'li orqali Buxoroga, 
undan Varaxsha orqali - Boykent, Forob va Omul shaharlariga yetgan. Omulda 
Marvdan Urganchga ketadigan yo'lga qo'shilgan. Marv turli mamlakatlardan keladigan 
karvon yo'llari tutashadigan katta shahar bo'lgan. Bu yerda zardushtiylik, budda va 
xristian dinlarining ibodatxonalari mavjud bo'lgan. 
Marv shahri Xitoy, Hindiston va O'rta Sharqni Yaqin Sharq va O'rta Yer dengizi 
mamlakatlari bilan bog'lab turgan." Buyuk Ipak Yo'li " Marvdan g'arbga - Niso, Ray 
shaharlari orqali Iroqning Ktesafon va Bag'dod shaharlariga, undan Damshq, Tir va 
Quddus orqali Misrgacha yetgan. Marvdan chiqqan Shimoliy yo'l Omil (Chorjuy) 
orqali - Urganchga, undan Shimoliy Kavkaz orqali Qora dengiz bo'ylab - 
Konstantinopolga va O'rta Yer dengizining boshqa shaharlariga tarqalgan. 
" Buyuk ipak yo'li " orqali Sharq va G'arb mamlakatlari savdo va elchilik 
aloqalarini o'rnatganlar. Jumladan, Xitoy manbalarida sayyoh Gan In 97-yilda Fors 
qo'ltig'iga, makedoniyalik Mai Tatsian esa 100-yilda Lanchjougacha yetib borganligi 
qayd etilgan. 
" Buyuk ipak yo'li "ning e'tibori oshib borgan sari, Eron va O'rta Osiyo davlatlari 
o'rtasida bu yo'lni o'z ta'siriga olish harakati kuchaygan. Jumladan, so'g'dlik 
savdogarlar lll-V asrlarda bu yo'ld o'z hukmronligini saqlab qolish uchun Yettisuv, 
Sharqiy Turkiston va Xitoyning Shensi viloyatlarida o'z karvonsaroylari va 
qishloqlarini bunyod etganlar. Sug'dlar xalqaro miqyosda usta savdogarlar 
hisoblangan. Ular uzoq safarga otlanib, ko'plab shaharlarni kezishga va turli xalqlar 
bilan munosabatda bo'lishgan, joylarda savdogarlarga ziyo, madaniyat, ma'naviyat va 
yangiliklarni tarqatuvchilar sifatida qarashgan. 
Vlll asrdan boshlab ipak yo'lini nazorat qilish arablar, Xlll asrlardan boshlab 
mo'g'ullar ixtiyoriga o'tdi. XlV asrning ikkinchi yarmidan boahlab "Buyuk ioak yo'li"ni 
nazorat qilish temuriylar davlati ixtiyorida edi. Bu davrda Xitoydan G'arb 
mamlakatlariga asosan ipak va ipak matolar, qog'oz va chinni olib ketilgan bo'lsa, G'arb 
mamlakatlaridan Xitoyga shiaha, jun gazlamalar, oyna, metall, qimmatbaho toshlar, 
arg'umoq otlat olib borilgan. 
" Buyuk ipak yo'li " O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy 
hayotiga katta ta'sir ko'rsatdi: savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanib shaharlar 
kengaydi, aholining ma'naviy va madaniy dunyoqarashi o'sdi. Bu yerda ilk o'rta 
asrlardan boshlab Xitoy chinnisozlik maktabi asosida noyob buyumlar tayyorlagan. Bu 
haqda Beruniy o'z asarlarida ma'lumotlar keltiradi.O'z navbatida O'rta Osiyidagi kabi 
oyna tayyorlash texnologiyasi V asrlarda Xitoyda ham keng tarqalgan. Xitoycha nafis 
qozog'oz tayyorlash usuli Samarqandga yetib kelgan va Samarqand qog'ozi butun 
islom dunyosida o'zining sifatliligi bilan mashhur bo'lgan. 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin