“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 67 g’oyaviy
-siyosiy va ilmiy-
nazariy jihatdan yuqori saviyada boʼlishi, oʼqituvchining
ta’sirli va hayotiy misollar yordamida oʼrganilayotgan tarixiy faktlar, voqea
-
hodisalarning mohiyatini jonli va ishonarli tarzda ochib berishi hamda oʼquvchilarda
uni oʼrganishga ishtiyoq uygʼota olishiga bog’liqdir. Bundan tashqari texnik vositalar,
tarixiy kino -
filmlar, rasm, koʼrgazmali qurollar, sahna koʼrinishlari ham muhim rol
o’ynaydi. Oʼquvchilar tarixiy ongi rivojlanishida tarix fani darsliklari asosiy
vositalardan biridir. Maktab darsliklarida berilgan mavzular tarixiy materiallar asosida
oʼquvchi ongida oʼtmish xaqida tasavvurni vujudga keltiradi. Darslik
- lar asosida
oʼquvchi asrlar davomi ajdodlari yaratgan qadriyatlarni oʼrganadi shu bilan birga unda
ajdodlarga mos avlod bo’lish,
vatanparvarlik tuyg’usi shakillanadi. Bu esa darslarning
puxta ishlanishi asosida yuzaga keladi. Darsliklardagi materiallarning asosli boʼlishi
uning uzoq muddat amal qilinishiga sabab boʼladi. Hozirda oʼquvchilar bilim olishlari,
koʼnikmalarni egallashlari uchun zamon talabiga javob beradigan taʼlim dasturlari
ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, talim maskanlarida xizmat qilayotgan oʼqituvchilar
eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, oʼquvchilarning chuqur bilim va
koʼnikmalarga ega boʼlishlarida katta hissa qoʼshmoqdalar. Bundan tashqari, oʼquvchi
tarixiy ongining rivojlanishida mahalliy materiallar, badiiy adabiyotlar ham muhimdir.
Mahalliy materiallarning afzalligi shundaki, oʼquvchi mustaqil holda yashash joyidagi
yoshi kattalarning hikoya, rivoyat, m
atallarini eshitish orqali oʼzligini chuqurroq
anglay boshlaydi. Natijada, unda ilk tarixiy dunyoqarash paydo boʼladi.
Xullas, tarix fani asosida vujudga keladigan tarixiy ong taʼlimiy
-tarbiyaviy
vazifalarni bajarib, barkamol avlodning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.