Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   175
102-74-PB

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Turli sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro 
musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi 
o‘z ish qobiliyati sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki 
u
ni oshira olish «kuchi»ga ega bo‘lsa, unga muvaffaqqiyat shunchalik kulib boqishi 
muqarrar. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini 
ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi tezlik sifatlarining turlari (sakrovchanlik, 
tezlik-
kuch, tezkor sakrash, «texnik
-
taktik sakrovchanlik» va hokazo) qanchalik 
rivojlanganligi bilan belgilanadi [2:26]. 
Voleybolchilar uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. 
Sakrovchanlik tezlik-
kuchlilik qobiliyatlariga mansub bo‘lib oyoq
mushaklarining 
qisqa muddat ichida kuchli qisqarishi bilan ifodalanadi. Aynan shu sifatni yuksak 
darajada bo‘lishi nisbatan past bo‘yli o‘yinchilarni baland bo‘yli o‘yinchilar bilan 
raqobatini va asosiy o‘yin malakalarini (zarba berish va to‘siq qo‘yish) 
samarali ijro 
etilishini ta`minlaydi[3:32]. 
Zamonaviy voleybolda samarali o‘yin ko‘rsatish va yuqori natijalarga erishishi 
faqat o‘ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshirilishi mumkin. 
Voleybolchilar uchun jismoniy sifatlar ichida tezkor - kuchlilik muhim ahamiyat kasb 
etadi. Aynan shu sifatlar aksariyat o‘yin malakalarining samarali ijro etilishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettira olgan sportchining maydondagi 
faoliyati ko‘zga aniq tashlanadi.
Bundan tashqari kuch va chidamkorlik, kuch bilan 
zarba berish, ish qobiliyatini tushirmasdan uzoq vaqt malakalarni samarali bajara olish 
qobiliyatlari ham yetakchi o‘rinda turadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida 
tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvc
hanlik sifatlariga alohida e’tibor 
qaratish maqsadga muvofiqdir[4:97].



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin