“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 64 Voleybolda o‘yin malakalarini (to‘p kiritish, uzatish, zarba berish, to‘siq
qo‘yish) sakrab samarali ijro etish har bir o‘yin ko‘rinishini yoki butun o‘yin taqdirini
belgilaydi. Demak,
shu sifat qancha yuqori rivojlangan bo‘lsa shuncha to‘p kiritish
imkoniyati ortadi. Shuning uchun sakrovchanlik va tezkor sakrovchanlik sifatlarini
voleybolga xos xususiyatga moslashtirib rivojlantirish nafaqat sport mahoratini
takomillashtirish guruhlari
da katta rol o‘ynaydi, balki bunday ixtisoslashtirilgan
sifatlarni dastlabki o‘rgatish bosqichidanoq boshlab shakllantira borish muhim
ahamiyat kashf etadi[5:36].
Pedagogik tadqiqot davomida yuqoriga sakrash va maxsus sakrovchanlik
sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali-
o‘yin mashqlari bilan shug’ullangan
tajriba guruhidagi bolalarda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘sish darajasi o‘ta
samarali rivojlanganligi kuzatildi. Sababi ularda ruxiy jixatdan o‘zining vazni
boshqarilishi yengillashadi va ushbu sport turida sakrash uchun yengillik beradi.
Jumladan, pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval tajriba guruhida joydan turib
vertikal sakrash 32,8 sm ga teng bo‘lsa, tadqiqot so‘ngida bu ko‘rsatkich 39,3 sm (farq
6,5 sm) gacha o‘sdi. Joydan turib
uzunlikka sakrash - 170,4 sm dan 181,2 sm ga ortgani
kuzatildi. Binobarin, pedagogik tadqiqot davomida qo‘llanilgan maxsus estafetali
-
o‘yin mashqlari sakrovchanlik sifatini rivojlantirish borasida o‘ta samarali ekanligini
isbotlab berdi. Alohida shuni ta’kiddash lozimki, tajriba guruhida shug’ullangan
bolalarda nafaqat o‘rganilayotgan maxsus jismoniy sifatlar tez sur’atlar bilan
rivojlanganligi namoyon bo‘ldi, balki bu bolalarda faollik va qiziqish alomatlari yaqqol
ko‘zga tashlandi, o‘yin malakalarini o‘z
lashtirish jarayoni ancha yengil kechayotgani
kuzatildi. Bundan tashqari shu guruhdagi bolalarda mashqlarga ijodiy yondoshish
alomatlari yaqqol ko‘zga tashlandi.
Bizga yaxshi ma’lumki ushbu estafeta mashqlarini bajargan sportchilar bilan
keying guruh o‘rtasidagi farq ko‘zga yaqqol ko‘rinadi. Ma’lumki, o‘yin tarzida
qo‘llaniladigan mashqlar bolalar organizmida (hujayra, to‘qima, mushak tolalari va
boshqalar) o‘ta charchash yoki zo‘riqish alomatlari tez paydo bo‘lishini orqaga suradi.
Buning sababi, o‘yin davomida shu bolalarning emotsional holati ko‘tariladi, ular
yuklama haqida o‘ylamaydilar. Boshqacha qilib aytganda bunday nostandart o‘yin
yuklamalari bolalarni charchashdan chalg
‘
itadi. Aynan shu holatlar shug
‘
ullanuvchi
yosh bolalarda jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga turtki beradi.
XULOSA Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh
avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun
zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda
o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va
vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar
orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda