Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
82
DAVLAT BOSHQARUVIDA MILLATLARARO TOTUVLIK TAMOYILI 
TDTrU talabasi Raxmatov Muxriddin shavkat 
oʻgʻli
 
Jahon siyosatidagi tarixiy tajribaga ko’ra, dunyoning yirik davlatlari siyosiy, 
xarbiy, iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi o’z ehtiyojlarini boshqa davlatlarning 
ma’lum resurslari hisobiga ta’minlashga intilishlari ko’p bora kuzatilgan. XX asr ox
iri 
va XXI asr boshlaridagi bunday geosiyosiy jarayonlarning aksariyatida asosan, 
iqtisodiy-moddiy resurslarga egalik qilishga harakat ustunlik qilgan va bugungi kunda 
ham davom etmoqda. Bunda turli yo’llar va usullar, xususan, urush, integratsiya 
o’yinlari, xalqaro jamoatchilik fikriga ta’sir va boshqa diplomatik kombinatsiyalardan 
foydalanilgan. Bular orasida tarixda ko’p bora qo’llanilgan va bugungi kunda ham 
o’rni kelganda ma’lum maqsadlarda foydalanilayotgan usul –
ko’p millatli mamlakat 
ichida millatl
araro totuvlikni buzish, turli etnik guruxlar o’rtasida ziddiyatlarni keltirib 
chiqarish va natijada beqarorlikni yuzaga keltirish hisoblanadi.
Mamlakatda millatlararo totuvlikning ta’minlanishi polietnik (ko’p elatli) 
davlatlar uchun siyosiy barqarorl
ikni ta’minlovchi yetakchi omillardan sanaladi. 
Bugungi kunda ko’p millat va elat vakillari yashayotgan, 36 million aholisiga ega 
O’zbekiston uchun ham bu g’oyat muhim masaladir. Hozirda Yer sharida 1600 dan 
ortiq etnik guruh ma’lum. Ushbu etnoslarning ko’pchiligi o’z milliy davlatchiligiga 
ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida ikki yuzdan ortiq davlat borligi ham buning 
isbotidir. Zero, etnik o’zligini anglashning o’sishi yana uzoq vaqt davomida hozirgi 
dunyo siyosiy taraqqiyotining dinamikasini belgilab bera
di. Shu sababli, ko’p millatli 
va ko’p tilli mamlakatlarda o’z davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu 
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi etnik ozchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ichki 
siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikning hal qiluvchi sh
artlaridan biri bo’lib 
qolmoqda. Ichki siyosiy ahvolning barqarorligi, milliy xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish dinamikasi ko’p millatli rivojlanish dinamikasi ko’p millatli davlatda 
yashayotgan boshqa millat vakillarining siyosiy xayrixohligiga 
bevosita bog’liq 
bo’ladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko’p millatlilikning mamlakat taraqqiyotiga 
ta’sir etuvchi ijobiy omilga aylanishida mahalliy hokimiyat organlarining ham 
ma’suliyati kattadir. Mamlakatda barqarorlikka ta’sir etuvchi millatl
araro totuvlikning 
ta’minlanishida inson huquqlari sohasidagi turli baynalminal markazlar va boshqa 
nodavlat notijorat tashkilotlar bilan bir qatorda mahalliy hokimiyat organlari ham 
yetakchi o’rin tutadi. Chunki polietnik mamlakat sifatida O’zbekiston Res
publikasi 
hududiy bo’linishi va ularda muqim yashaydigan millatlarning joylashuviga e’tibor 
qaratar ekanmiz, ayrim viloyat va tumanlarni boshqarishda ko’p millatlilik omiliga 
doimiy e’tiborda bo’lish va milliy totuvlik hamda fuqaroviy hamjihatlikni qat’iy 
nazorat qilish lozimligini ko’rishimiz mumkin. Bunday hududlarda mahalliy hokimiyat 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin