Research and education issn: 181-3191 volume



Yüklə 247,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü247,9 Kb.
#169619
1   2   3   4   5
335-338

 
 
MUHOKAMA 
 
Ingliz tilidagi eng keng tarqalgan ritorik savollardan biri: “
Can’t you do 
anything right?
” (Qo‘lingizdan biror – bir foydali ish keladimi, o‘zi?) Ushbu gapda 
so‘zlovchi so‘ramayapti, balki, tinglovchi foydali ish qilishga qodirmi yoki yo‘qligini 
ta’kidlayapti. Ritorik so‘roq gaplar ta’kidni ifodalaganda, ko‘pincha javob berish qiyin. 
Shunday qilib, ritorik so‘roq gaplar salbiy ma’nodagi fikrning tasdig‘i sifatida 
namoyon bo‘ladi. Masalan, “
What have you ever done for me?” 
(siz men uchun nima 
qilib berdingiz, yoki siz men uchun nima qilib qo‘yibsiz?) savoli “
You have not done 
anything for me
” (siz men uchun hech narsa qilib bermagansiz) ma’nosini anglatadi. 
Xuddi shunday misol U.Shekspirning “Yuliy Sezar” asarida uchraydi: Mark Entoni: 
Here was a Caesar! When comes such another?
(Bu yerda Yuliy Sezar bo‘lgan! 
Yana bunaqasi qachon keladi?) 
Ushbu misoldagi ritorik so‘roq gap Yuliy Sezarning boshqalarda kamdan-kam 
uchraydigan qobiliyatga ega ekanligini va bunday odam yaqinda tug‘ilmasligini 
bildiradi.
Ritorik so‘rov og‘zaki va yozma turli janrlarda, ayniqsa, she’riyatda voqea va 
axborotning ma’nosini kuchaytirish uchun stilistik vosita sifatida ishlatiladi. Bunda, 
ko‘pincha, matnda keltirilgan savol uchun metafora shaklida qo‘llaniladi. Ushbu 
turdagi ritorik savol ko‘pincha “ritorik rivoyat” deb ataladi va bu savolga javob boshqa 
hazil bilan belgilanadi. Misol uchun,
Is the sky blue? 
(Osmon ko‘kmi?)
 
Is the sun hot?
(Quyosh issiqmi?)
 
Is the Pope Catholic?
(Papa katolikmi?)
 



Yüklə 247,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin