MUHOKAMA Ingliz tilidagi eng keng tarqalgan ritorik savollardan biri: “
Can’t you do anything right? ” (Qo‘lingizdan biror – bir foydali ish keladimi, o‘zi?) Ushbu gapda
so‘zlovchi so‘ramayapti, balki, tinglovchi foydali ish qilishga qodirmi yoki yo‘qligini
ta’kidlayapti. Ritorik so‘roq gaplar ta’kidni ifodalaganda, ko‘pincha javob berish qiyin.
Shunday qilib, ritorik so‘roq gaplar salbiy ma’nodagi fikrning tasdig‘i sifatida
namoyon bo‘ladi. Masalan, “
What have you ever done for me?” (siz men uchun nima
qilib berdingiz, yoki siz men uchun nima qilib qo‘yibsiz?) savoli “
You have not done anything for me ” (siz men uchun hech narsa qilib bermagansiz) ma’nosini anglatadi.
Xuddi shunday misol U.Shekspirning “Yuliy Sezar” asarida uchraydi: Mark Entoni:
Here was a Caesar! When comes such another? (Bu yerda Yuliy Sezar bo‘lgan!
Yana bunaqasi qachon keladi?)
Ushbu misoldagi ritorik so‘roq gap Yuliy Sezarning boshqalarda kamdan-kam
uchraydigan qobiliyatga ega ekanligini va bunday odam yaqinda tug‘ilmasligini
bildiradi.
Ritorik so‘rov og‘zaki va yozma turli janrlarda, ayniqsa, she’riyatda voqea va
axborotning ma’nosini kuchaytirish uchun stilistik vosita sifatida ishlatiladi. Bunda,
ko‘pincha, matnda keltirilgan savol uchun metafora shaklida qo‘llaniladi. Ushbu
turdagi ritorik savol ko‘pincha “ritorik rivoyat” deb ataladi va bu savolga javob boshqa
hazil bilan belgilanadi. Misol uchun,
Is the sky blue? (Osmon ko‘kmi?)
Is the sun hot? (Quyosh issiqmi?)
Is the Pope Catholic? (Papa katolikmi?)