RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary
Scientific Journal April, 2022
337
NATIJALAR
Garchi savol u ritorikmi yoki yo‘qligini ko‘rsatuvchi eng muhim ko‘rsatkichni
o‘zida saqlasada, ba’zi savollar ritorik yoki ritorik bo‘lmagan talqinga moyil bo‘ladi.
Masalan,
What time is it?
savoli deyarli barcha holatlarda
javob talab qiluvchi sof
so‘roq gap sifatida talqin qilinadi, holbuki,
How can a fool know what’s good for him?
kamdan-kam hollarda javob talab qiluvchi savol sifatida qaraladi. Ushbu namunalarga
o‘xshamagan ko‘plab savollarni ular ritorik yoki javob talab qiluvchi sof so‘roq gaplar
ekanligini osonlik bilan aniqlab olish qiyin. Bunday savollar shunga
ishora qiladiki,
ba’zi ritorik savollar ularning ritorik tabiatiga mos ma’lum elimentlarni o‘z
ichiga
oladi.
Ushbu tadqiqot natijalari ritorik so‘roq gaplar ularning
sintaktik va semantik
xususiyatlarini ko‘rsatuvchi elimentlardan iborat degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dostları ilə paylaş: