Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
25.04.1997 (1)

82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi 
Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli bo‘lgan 
og‘ir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati 


bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (to‘rt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti 
sutkagacha bo‘lgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi 
mumkin. Mahkumlarga O‘zbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” 296-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi

309

310

328-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Mahkumning chetga chiqishga ruxsat so‘rab yozgan arizasini muassasa ma’muriyati bir 
sutka ichida ko‘rib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaxsi, xulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-
yo‘qligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruxsatnoma prokuror 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Quyidagilarga: 
o‘ta xavfli retsidivistlar; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining 
uchinchi qismi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
51 
va 
76-moddalari
, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom

(82-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-
iyuldagi O‘RQ-99-sonli
 Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda) 
o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining 
beshinchi qismi

majburiy davolanishdan o‘tayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga 
chiqishga ruxsat berilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
181 — 194-moddalari

Chetga chiqish vaqti jazoni o‘tash muddati hisobiga qo‘shiladi.
Chetga chiqish bilan bog‘liq xarajatlar mahkum mablag‘lari hisobidan yoki boshqa shaxslar 
tomonidan to‘lanadi.
Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan 
hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga binoan qaytish 
muddati, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha 
uzaytirilishi mumkin. 
Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan bo‘yin tovlagan taqdirda u ichki ishlar 
organi tomonidan ushlanadi va jazoni o‘tash joyiga jo‘natiladi. 
Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuniga 
muvofiq 
chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin