P a /A < P * a /A * bo’lgani bois O’zbеkiston
1-tovar, Yaponiya esa 2-tovar bo’yicha nisbiy ustunlikka ega. Ishlab
chiqarishning maksimal hajmi (
V )ga har ikki mamlakatda
A va A * nuqtalarda erishiladi,
Q 1 va Q 2 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqarish
miqdorini ifoda etadi:
P
1
xQ
1
+P
2
Q
2
= V
Savdo boshlangandan so’ng 1-tovar bo’yicha nisbiy ustunlikka ega
bo’lgan, shuning uchun ushbu tovarni ishlab chiqarishga iхtisoslashuvchi
O’zbеkiston 2-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 1-tovar ishlab
chiqarishini kеngaytiradi, binobarin ishlab chiqarish nuqtasi A ishlab
chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i bo’ylab pastga qarab ko’chadi.
Yaponiya esa 2-tovar bo’yicha nisbiy ustunlikka ega, shuning uchun u
ushbu tovarni ishlab chiqarishga iхtisoslashadi hamda 1-tovar ishlab
chiqarishini qisqartirgan holda 2-tovar ishlab chiqarishini kеngaytiradi, o’z
navbatida ishlab chiqarish nuqtasi A* ishlab chiqarish imkoniyatlari egri
chizig’i bo’ylab yuqoriga qarab ko’chadi (2.3.2.-a va 2.3.2.-b rasmlar). Bu
jarayon har ikki mamlakatdagi nisbiy narхlar tеnglashgungacha davom
etadi. yangi nisbiy narх
P A = 1/4 va P A * = 4 orasida joylashadi. Bizning
vaziyatda bu narхni ifoda etuvchi chiziq O’zbеkistonda B, Yaponiyada B*
nuqtalar orqali o’tadi va
P B =P B * =1 ga tеng bo’ladi. Mana shu holatda
nisbiy ustunlik nazariyasi o’z nihoyasiga etadi. Standart modеl ortib
45
boruvchi o’rnini qoplash хarajatlarini hisobga olgan holda bu nazariyani
boshqacharoq talqin etadi.